UzAuto Motors Lacetti’ning yangi Redline modelini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya bo‘limi boshlig‘i Maqsud Abduhakimov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Loyihalarni boshqarish bo‘limi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, Lacetti Redline diskalari qoraytirilgan holda chiqariladi. Oynalarning tusi ham o‘zgartirilgan (“tonirovka”) bo‘ladi.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Mashina interyerida ham o‘zgarishlar bo‘lgan. Chexol zavoddan qo‘yiladi. Interyer ranglari ham qora va qizil (Redline) aralashmasida bo‘ladi.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Shuningdek, avtomobil zavod tomonidan kamera bilan jihozlangan. Orqaga harakatlanish vaqtida orqa kamera yoqiladi. Bar ham oldinroqqa chiqarilgan. Faralar ham yangicha uslubda ishlangan.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

UzAuto Motors direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rustam Rajabovning aytishicha, ushbu xizmatlar uchun qo‘shimcha haq olinadi. Hozircha ushbu xizmatlarning qiymati aniq emas. Modellarni ishlab chiqarish 6 oydan so‘ng (avgustda) yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan avval O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti xaridi uchun shartnoma berish 3-martdan qayta tiklanishi, O‘zbekistonda Chevrolet Onix 9-12 ming dollar atrofida sotilishi kutilayotgani hamda O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga qancha avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.