Amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Tesla aksiyalarining narxi tushishi oqibatida bir kunda 14 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Tokkoro

Bu yo‘qotishdan keyin hozirda Maskning boyligi 176 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Lekin tadbirkor hozir ham dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida ikkinchi pog‘onani band qilib turibdi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rinida Amazon asoschisi Jeff Bezos turibdi. Uning boyligi ham 5,55 milliard dollarga qisqarib, 180 milliardni tashkil qilmoqda.

Bungacha ham Ilon Mask bir kecha kunduzda 15 milliard dollarni boy bergan edi. Bu yo‘qotishga ham Tesla aksiyalari narxining tushib ketishi sabab bo‘lgan.

Avvalroq “arzon” Tesla butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqishi haqida xabar berilgan edi.