Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shahzoda Muhammedova chizgan eskizi bo‘yicha ko‘ylagiga 45 metr mato ketgani haqida gapirdi.

Foto: Instagram

“Muhabbat dunyoni qutqaradi”, — demoqda Munisa Rizayeva.

Foto: Instagram

Komik aktrisa Halima Ibragimova Yulduz Usmonova bilan birga tushgan suratini folloverlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Burak O‘zchivit sahifasiga yangi suratini joyladi. Surat qisqa fursatda ko‘plab layk to‘pladi.

Foto: Instagram

Aktrisa Lola Eltoyeva Saida Rametova bilan ishlash uning uchun taqdir tuhfasi ekanligini aytdi.

Foto: Instagram

Rayhon va uning turmush o‘rtog‘iga “Million” kulgi jamoasining konserti manzur bo‘ldi.

Foto: Instagram

Aktyor Alisher Uzoqov san’atni butunlay tark etib, Dubayga ko‘chib ketganini ma’lum qildi. U xalqaro IT kompaniyasida ish boshlaydi. “Faoliyatimda yangi sahifa ochish maqsadida Dubayga keldim. Nega kinolarda ko‘rinmayapsiz, deb ko‘p so‘rashadi. Afsus, menga qolsa, tashlamagan bo‘lar edim. Sizlarni sog‘inaman. San’atni ham, san’at orqali meni taniganlarni ham”, — deb yozdi Alisher Uzoqov.

Zarina Nizomiddinova ikkinchi o‘g‘li Saidumarning sahifasiga yangi surat joylab, uni “Aloqa” deb nomladi.

Foto: Instagram

Ahad Qayum sahifasiga bundan bir necha yil avval tushgan suratini joyladi. Suratda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, aktyor Said Muxtorov, klipmeyker Shuhrat Mavlonovlarni ham ko‘rish mumkin.

Foto: Instagram