Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda SanJayning rafiqasi Alisha folloverlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Folloverlaridan biri undan “SanJay bilan ajrashdingizmi?”, deb so‘radi. “Sahifamda munosabatlar mavzusi boshqa muhokama qilinmaydi. Men hech narsani ko‘rsatishni, isbotlashni istamayman. Ajrashdikmi, birga yashayapmizmi bu bizning o‘rtamizda qoladi. Biz hatto bir-birimizning sahifamizga obuna ham bo‘lmaganmiz, har kim o‘z sahifasini o‘ziga qulay tarzda yuritadi. Turli notanish odamlardan salbiy fikrlar va odob-axloq haqidagi ma’ruzalar kelishidan charchadim”, — deb yozadi Alisha.

Foto: Instagram

Zohirshoh Jo‘rayev yangi musiqiy albomidan qaysi qo‘shiqlarni muxlislariga taqdim etish haqida o‘yga toldi.

Foto: Instagram

Rayhon bahorni kutmoqda.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda Ahad Qayum YPX xodimi obrazida namoyon bo‘lgan yangi videorolik tarqalmoqda. Unda bloger Doniyor Qayumovni ham ko‘rish mumkin.

Alisher Uzoqov Dubayda ishga kirishdi.

Foto: Instagram

Anvar Sobirov sahifasiga chuqur ma’noga ega she’rni yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Iroda Nosirova folloverlariga yangi suratini taqdim etdi.

Foto: Instagram

Taniqli xonanda Ulug‘bek Otajonov 25-fevral kuni 49 yoshni qarshi oldi. Yaqinlari xonandani ajoyib tarzda tabrikladi.

Adiz Rajabov ham yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Turk aktyori Kadir Dog‘ulu Qozog‘istoning Olmaota shahrida dam olmoqda.

Foto: Instagram

Jahongir Ahmedov Alisher Uzoqov bilan 19 yil avval tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Burak O‘zchivit “Ahmat” deb yozilgan sport kiyimida muxlislariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva ikkita bitkoin xarid qilganini ma’lum qildi.