• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Navoiyda tilanchilik qiluvchi nogiron erkakni o‘ldirib, Zarafshon daryosiga oqizib yuborgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

    Navoiyda Zarafshon daryosi bo‘yidan 2020-yilning 15-iyulida 45 yoshli erkak jasadi topilgani, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv xodimlarining tezkor harakatlari natijasida gumonlanuvchilar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Navoiy viloyati sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Aziza Ro‘ziyevaning ma’lum qilishicha, qotillik sodir etgan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

    Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu noma’lum shaxsning murdasi 1975-yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Dabusiya” mahallasida yashovchi T.Y.ga tegishli ekanligi aniqlangan.

    Bolaligidan 1-guruh nogironi, aqli zaif, chap qo‘li va chap oyog‘i yoshligida ko‘mirdan qolgan cho‘g‘ga yiqilib tushib kuygan ushbu erkakni odamlarning ko‘nglida rahm-shafqat uyg‘otishini nazarda tutib, Karmana tumani yashovchi ayol 2 yildan buyon tilanchilik bilan muntazam shug‘ullanishga majbur qilib kelgan. Tilanchilikdan tushgan mablag‘ni o‘zi va qizi uchun kunlik ketadigan ehtiyojlarga sarflagan.

    Ayolning o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlanib, Navoiy shahar sudining hukmi bilan unga nisbatan tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 20 yoshli qarindoshi (erkak) 2020-yilning aprel oylarida uning uyiga yashash uchun ko‘chib borgan. Yigit Karmana tumanida plastik idishlarni to‘plab sotib, topgan pulining bir qismini yangasiga ijara uchun berib, yashab kelgan.

    Xabarda aytilishicha, odatda aholi gavjum bozorlar atrofiga tilanchilik qilish uchun olib borilgan erkak so‘nggi kunlarda uydan tez-tez chiqib, boshi oqqan tomonga ketadigan, bir oz vaqt o‘tib, o‘zi yana qaytib keladigan odat chiqargan. Ayol 26 yoshli qizi va qarindosh yigitga erkakning uydan qochib ketishining oldini olish, uning tilanchiligi evaziga kelayotgan daromadni saqlab qolish maqsadida uni omborxonaga kiritib, ustidan qulflab qo‘yishni buyurgan.

    Shunday qilib, erkak 2020-yil 12-iyundan 12-iyulga qadar havo haroratining issiqligi, inson yashashi uchun juda tor, hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan kichik omborxonaga ustidan qulflab g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilingan.

    2020-yilning 12-iyul kuni soat 22:00 larda Sardorning baland ovozini eshitib, ayolning qizi va qaynukasi uning yoniga kirgan. Nogironligi sababli bunday sharoitda ushlab turilgani uchun qiynalgan erkak ularni haqorat qilgan. Bu haqoratdan jahli chiqqan yigit va qiz tilanchilik qiluvchi erkakni og‘zini ro‘mol bilan bog‘lab, tashqariga olib chiqib, oyog‘ini metall zanjir bilan, qo‘llarini ip bilan bog‘lab, o‘roq shaklidagi temir bo‘lagi bilan tanasining orqa va old qorin sohalari, qo‘l va oyoqlariga urib, unga tan jarohatlari yetkazgan. Ammo nogiron bo‘lishiga qaramasdan erkak ularga qarshilik ko‘rsatgan.

    Shu sababli qiz va yigit o‘zaro jinoiy til biriktirib, erkakni qasddan o‘ldirishni maqsad qilgan. Yigit erkakning qo‘llarini mahkam ushlab turgan, qiz esa oyog‘i bilan uning bo‘yin sohasidan bosib turgan. Oqibatda erkak unga yetkazilgan og‘ir tan jarohatlari va yuqori nafas yo‘llarining berkilishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.

    Sodir etilgan qotillik jinoyatining oqibatidan va javobgarlikdan qutilish maqsadida jinoyat izlarini yashirish uchun ular erkakning jasadini oq rangli matodan tikilgan qopga solib, ashyoviy dalillarni yo‘q qilgan. Voqeadan xabar topgan ayol tezroq murdani yo‘qotishni buyurgan va murda solingan xalta eshak aravaga ortilib, jasad Zarafshon daryosiga tashlab yuborilgan.

    Jinoyat ikki kunda fosh bo‘lgan. Sud majlisida sudlanuvchilar qilgan jinoyatlarini tan olgan. Yigit 17 yilga, qiz 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. T.Y.dan tilanchilikda foydalangan va uni g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilgan ayolga esa 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    24.02.2021, 19:59   Izoh (0)   63939
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

    24.02.2021, 19:51

    SSV Farg‘onada dordan yiqilgan dorboz vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    24.02.2021, 19:46

    O‘zbekistonda Instagram va Telegram orqali savdo qiluvchilarga virtual kassa va raqamli kod olish majburiyati yuklanishi mumkin

    24.02.2021, 19:23

    Toshkentda Diplomat university nomli xususiy universitet ochilishi kutilmoqda

    24.02.2021, 18:57

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimligiga tirbandliklar yuzaga kelayotgan ko‘chalarda qo‘shimcha harakat yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha topshiriq berdi

    24.02.2021, 18:03

    Toshkentda bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 2,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan bank xodimlari ushlandi

    24.02.2021, 17:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.