• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shvetsiya fuqarosi Rossiya foydasiga josuslikda ayblanib hibsga olindi

    Shvetsiya prokuraturasi 47 yoshli fuqaroni Rossiya foydasiga josuslikda ayblamoqda. Bu haqda prokuratura veb-sayti ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Prokuror Mats Lyunkvistning so‘zlariga ko‘ra, erkak bir necha yil davomida rus diplomatiga pul mukofoti evaziga ba’zi ma’lumotlarni yetkazib turgan. “Avval maslahatchi bo‘lib ishlagan erkak xorij hukumatiga ma’lumot berish uchun materiallarni xufiyona olgan”, — dedi Lyunkvist. Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchi olgan pul miqdori “taqdim etilgan ma’lumotlar Rossiya uchun qanchalik qimmatli ekanini” ko‘rsatadi.

    Erkak rossiyalik diplomat bilan uchrashuvlaridan birida hibsga olingan, prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi diplomatdan 27,8 ming Shvetsiya kronasi (3,3 ming dollar) olgan.

    Ayblov xulosasiga ko‘ra, erkak noqonuniy ravishda ishxona kompyuterlaridan materiallarni shaxsiy kompyuteriga, so‘ngra USB drayverlarga ko‘chirib olgan. Shuningdek, u kompyuter ekranidan ba’zi materiallarni suratga olgan. Prokuratura ayblanuvchining harakatlari mamlakat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin deb hisoblamoqda.

    Prokuratura xabarida ayblanuvchining ismi ko‘rsatilmagan. SVT nashri Lyunkvistning bayonotidan kelib chiqib, erkakning qirollik fuqarosi ekani va Gyoteborg shahrida istiqomat qilishini aniqladi. Nashrning yozishicha, ayblanuvchi Rossiyaga taqdim etgan ma’lumot Gyoteborgdagi Volvo Cars va Syodertelyedagi Scania CV kompaniyalariga tegishli bo‘lib, erkak ularda maslahatchi bo‘lib ishlagan. U 2019-yil fevral oyida hibsga olingan.

    Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 2017-yil yozidan boshlab Rossiya Tashqi razvedka xizmati foydasiga ish olib borgan. 2019-yil mart oyida Associated Press (AP) agentligi ayblanuvchi bergan ma’lumotlar o‘sha paytda Rossiya elchixonasida ishlagan Rossiya razvedka xizmati xodimi Yevgeniy Umerenko tomonidan qabul qilingan, deya xabar bergan.

    Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, u “sanoat josusligi bo‘yicha mutaxassis” bo‘lgan va ilgari Germaniyada ishlayotganida ham xuddi shu rolni o‘ynagan. AP xabariga ko‘ra, Umerenko voqeadan uch hafta o‘tgach mamlakatni tark etgan. Agentlik razvedka xizmatlarining hisobotiga asoslanib, sudlanuvchining ismi Kristian Dmitrievskiy ekani, hujjatlarda u kompyuter modellashtirish va biofizika bo‘yicha mutaxassis, deb qayd etilgani haqida yozgan. Shvetsiya fuqaroligini olishdan oldin u Rossiya pasportiga ega bo‘lgan.

    Expressen gazetasi Umerenko tufayli Moskva va Stokgolm o‘rtasida diplomatik mojaro kelib chiqqanini yozgan. 2019-yil may oyida Rossiya Shvetsiya elchixonasining ikki xodimini rus diplomatiga Shvetsiya vizasi berishdan bosh tortganiga javoban mamlakatdan chiqarib yuborgan.

    Avvalroq AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari maxsus bo‘linmasining sobiq harbiy xizmatchisi Rossiya razvedkasi foydasiga ishlashga gumonlanib hibsga olingan edi. Ayblanuvchi 45 yoshli Piter Debbins. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, u 1996-yilning dekabridan 2011-yilning yanvariga qadar Rossiya razvedkasi bilan aloqada bo‘lgan. Adliya vazirligi xabarida qayd etilishicha, 1997-yilda u Rossiya foydasiga ishlashga roziligini tasdiqlovchi hujjatni imzolagan.

    Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada bir yil ichida uchinchi bor Xitoy ayg‘oqchisi aniqlangan. Ushbu fuqarolar XXR Davlat xavfsizlik vazirligi razvedkasida xizmat qilgan va Britaniyaga jurnalist vizasi bilan kelgan.

    Mavzuga doir: AQSh elchixonasida 10 yil ishlagan ayol Rossiyaning ayg‘oqchisi ekani aniqlandi

    23.02.2021, 13:23   Izoh (0)   24304
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

    23.02.2021, 10:54

    Gruziya parlamenti Irakliy Garibashvili rahbarligidagi yangi hukumatni tasdiqladi

    23.02.2021, 10:10

    Perseverance marsoxodining Marsga qo‘nishi aks etgan video e’lon qilindi

    23.02.2021, 09:27

    Jo Bayden AQShda koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga besh kunlik motam e’lon qildi

    23.02.2021, 08:22

    Buyuk Britaniyada COVID-19 sabab e’lon qilingan asosiy cheklovlar iyun oyi oxirida bekor qilinishi mumkin

    23.02.2021, 08:08

    AQShning Cygnus kosmik yuk kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli tutashdi

    23.02.2021, 07:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron rasman MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 15:45

    Malida “Al-Qoida”ga aloqador hujum sabab 80 nafar jangari o‘ldirildi

    Dunyo | 2 iyul, 15:35

    Hayot uchun xavfli: nima uchun tor kelib qolgan kiyimlardan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 2 iyul, 15:20

    HAMAS Trampning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi

    Dunyo | 2 iyul, 15:05

    Bolgariya va Ruminiya chegara nazoratini bekor qildi

    Dunyo | 2 iyul, 14:50

    Opta nashri Klublar o‘rtasidagi JCHda jamoalarning g‘alaba qozonish imkoniyatini baholadi

    Sport | 2 iyul, 14:45

    Donald Tramp saylov g‘alabalariga bag‘ishlab Victory 45-47 atirlarini taqdim etdi

    Layfstayl | 2 iyul, 14:35

    Fransiyada ochiq joylarda tamaki chekkanlar jarima to‘laydi

    Dunyo | 2 iyul, 14:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.