Daryo

Marshmellou shirinligini uy sharoitida tayyorlab ko‘ring

Ustidan shakar kukuni sepgandan keyin dasturxonga torting

1 daqiqa o‘qish30 252 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Domashniy Ochag”

Farzandlaringiz uchun sevimli bo‘lgan shirinlikni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlab bering.

Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • suv — 120 ml;
  • shakar — 220 gr;
  • jelatin — 10 gr;
  • shakar kukuni — 40 gr;
  • limon — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 10 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
Foto: “Domashniy ochag”
  • jelatinni 60 ml suvga aralashtiring;
  • o‘rtacha olovga 60 ml suvga qo‘shilgan shakarli idishni qo‘ying, muntazam ravishda aralashtirib turing;
Foto: “Domashniy ochag”
  • jelatinli idishni qaynoq suvli idish ustiga qo‘ying va suyuq holga keltirib oling;
  • jelatinga shakarli sirop qo‘shib, 6 daqiqa davomida mikser bilan aralashtiring;
  • aralashtirish davomida, taxminan, 10 tomchi limon sharbati qo‘shing;
Foto: “Domashniy ochag”
  • aralashmani qandolat paketiga soling, paketning bir uchini kesing;
  • qandolat paketi bilan qoplangan patnos ustiga yog‘ surting;
  • aralashma solingan qandolat paketini patnos ustiga siqib chiqaring;
Foto: “Domashniy ochag”
  • 2 soat muzlatkichda turganidan keyin qaychi bilan kesib chiqing, ustidan shakar kukuni seping.
Foto: “Domashniy ochag”
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar