Uzbekistan Airports kompaniyasiga Ra’no Jo‘rayeva rahbar etib tayinlandi, deya xabar bermoqda kompaniya kuzatuv kengashi a’zosi Aziza Umarova.

Foto: “Yandeks Dzen”

Qayd etilishicha, biroz muqaddam bosh vazir Abdulla Aripov Uzbekistan Airports rahbarini tanishtirgan. Rossiyadagi uzoq yillik faoliyatidan keyin O‘zbekistonga qaytgan Ra’no Jo‘rayevaga ushbu lavozim topshirilgan.

Ma’lumot uchun, Ra’no Jo‘rayeva bunga qadar Rossiyaning eng yirik aviatsion va kosmik xoldingi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ra’no Jo‘rayeva S7 Group aviatsiya-kosmik xoldingiga o‘tishidan avval u bir necha yil davomida “Roskosmos”ning “Yer usti kosmik infratuzilmasi obyektlarini ekspluatatsiya qilish markazi”ni boshqargan. Shuningdek, Airport Menejment Company Ltd.ning biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori lavozimida Domodedovo aeroport kompleksini rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirgan

Ma’lumot uchun, Uzbekistan Airports zimmasiga quyidagi 11 ta xalqaro aeroportlarni boshqarish yuklatilgan:

  • Andijon xalqaro aeroporti;
  • Buxoro xalqaro aeroporti;
  • Qarshi xalqaro aeroporti;
  • Navoiy xalqaro aeroporti;
  • Nukus xalqaro aeroporti;
  • Namangan xalqaro aeroporti;
  • Samarqand xalqaro aeroporti;
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti;
  • Termiz xalqaro aeroporti;
  • Urganch xalqaro aeroporti;
  • Farg‘ona xalqaro aeroporti.

Bundan avval Uzbekistan Airports Xalqaro aeroportlar kengashiga a’zo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.