Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bahraynda chaykalar odamlar iste’mol qilgan ovqatlarning qoldiqlaridan oziqlanib, semirib ketdi. Shuning uchun ham endi ular ucha olmaydi. Bu haqda Esquire xabar bermoqda.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Ushbu hodisaga Fors ko‘rfazi mamlakatlarida yaxshi ko‘rib iste’mol qilinadigan “machbu” yeguligi sabab bo‘lmoqda. Yog‘da pishiriladigan yegulik  achchiq tovuq go‘shti va guruchdan tayyorlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, Bahrayn aholisi fastfud qoldiqlarini mo‘ljallangan joyga tashlamaydi. Natijada qushlar qoldiqlarni topib, iste’mol qiladi.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Chaykalar mazali va to‘yimli taomga shunchalar o‘rganib qolganidan dengizdan ozuqa izlashni ham to‘xtatgan. “Ular uchish o‘rniga shunchaki yerda sayr qilmoqda va hurmatga sazovor ko‘chalarga zarar yetkazmoqda”, − deydi shahar hokimiyati rasmiylaridan biri.

“Endi chaykalar semirib ketgani tufayli ucha olmaydi. Biz go‘yoki ularni xuddi ishga ketib, tushlik uchun uyga qaytayotganini ko‘rishimiz mumkin. Faqatgina ularni sharbat hamda desert bilan boqish qoldi, xolos”, − deydi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash muammolarini hal etish tashkiloti a’zolaridan biri.

Bir necha yil avval Liverpul universiteti olimlari odamlar iste’mol qiladigan fastfud qoldiqlaridan qushlar ortiqcha vaznga ega bo‘lishini aniqlagan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu qushlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi