Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 19-fevral kuni bosh vazir o‘rinbosarlari, prezident maslahatchilari va qator davlat idoralari hamda vazirliklar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar beradi Asia Plus.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Yig‘ilishda bahorgi qishloq xo‘jaligi ishlari, Tojikiston mustaqilligining 30 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalar muhokama qilingan.

Shuningdek, yig‘ilishda Navro‘z bayramini nishonlash masalasi ham ko‘tarilgan bo‘lib, davlat rahbari ushbu bayramni ortiqcha xarajatlarsiz nishonlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Emomali Rahmonning ta’kidlashicha, respublika hukumatining barcha chora-tadbirlari xalqning yaxshi yashashi, mamlakatning rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Tojikistonda Navro‘z an’anaviy teatrlashtirilgan tomoshalarsiz o‘tkaziladi. Mamlakatning Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabi poytaxtning to‘rtta tumanida mahalliy konsert va sport tadbirlarini o‘tkazishga, shuningdek, barcha sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya qilgan holda sayrlarga ruxsat bergan.

Avvalroq Qozog‘istonda Navro‘z bayramini 10 kun nishonlash taklif etilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi