Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Lacetti haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina 50 metr pastlikka quladi. Bu haqda “Daryo”ga tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Mirzayev ma’lum qildi.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

Ta’kidlanishicha, G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lacetti ishtirokidagi YTH 16-fevral, seshanba kuni soat 04:00 da sodir bo‘lgan.

“Tumanning ‘Yashnobod’ mahallasi hududidan o‘tuvchi Olmaota—Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining 1299-kilometrida tonggi 04:00 da G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lacetti beton to‘siqqa urilib, uni chetga surib tashlab, 50 metr pastlikka qulagan. Oqibatda mashina yo‘lovchilaridan uch nafari voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va bir nafar yo‘lovchi esa tuman shifoxonasiga yotqizilgan”, — deydi Dilshod Mirzayev.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qashqadaryo viloyat IIB, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyevning ma’lumot berishicha, voqea joyiga yetib borgan viloyat YHXB boshlig‘i Ahmad Soatov YTHning kelib chiqish sabablarini o‘rgangan.

Shuningdek, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Xurshid Otanazarov va tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat Haydarov YTH sodir etilgan mahallada bo‘lib, YTHni keltirib chiqargan omillarni muhokama qilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Mazkur yo‘l xalqaro yo‘l bo‘lgani bois, mahalla hududida tezlikni cheklovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish lozim”, — dedi MFY faollari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda “uchastkovoy” boshqaruvidagi Nexia piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 7 yoshli maktab o‘quvchisini urib yuborgani, jabrlanuvchi tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limida qolayotgani xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi