Daryo

Bektemirdagi Chirchiq daryosi bo‘yida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Ma’lum bo‘lishicha, karton qutilarning parchalari va eski yog‘och qutilar yonib ketgan

1 daqiqa o‘qish62 181 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Bektemir tumanidagi Chirchiq daryosi bo‘yida yirik yong‘in sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in oqibatida hech kimga jarohat yetmagan.

Kadr: Telegram

14-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Bektemir tumanidagi “Nurafshon” mahallasida yog‘och qutilar yonayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, Chirchiq daryosining qirg‘og‘ida 100 kvadrat metr karton qutilarning parchalari va eski yog‘och qutilar yonib ketgan.

FVV xabariga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv guruhlari besh daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan va yong‘in bir necha daqiqa ichida o‘chirilgan.

Hodisa natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Avvalroq Bekoboddagi xonadonlarning birida yuz bergan yong‘inda bir kishining hayoti saqlab qolingani, Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ovqatlanish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani, Samarqand darvoza ko‘chasidagi yong‘in oqibatida bir-biriga tutash beshta uy zarar ko‘rgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar