Daryo

Samarqand darvoza ko‘chasidagi yong‘in oqibatida bir-biriga tutash beshta uy zarar ko‘rdi

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish66 122 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Duchor berk ko‘chasida yong‘in yuz berib, 14 A-uy hududidagi bir-biriga tutashgan 5 ta uy zarar ko‘rdi.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 8-fevral kuni soat 13:09 da yuz bergan. Voqea joyiga shahar FVBning 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:16 da yetib borgan, yong‘in soat 13:30 da qurshab olinib, soat 14:18 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida 5 ta uyning ichki va tom qismlari, jami 130 kvadrat metr maydoni zararlangan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida uyning 360 kvadrat metri yong‘indan saqlab qolingan. Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Namangandagi xonadonda ro‘y bergan yong‘in bir soatdan so‘ng bartaraf etilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Bo‘stonliqda yonma-yon joylashgan 7 ta uy yonib ketdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar