Daryo

Yashnobodda joylashgan ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan zarar miqdori aniqlanmagan

1 daqiqa o‘qish33 784 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Videodan skrin

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ovqatlanish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda FVV.

Kadr: Videodan skrinshot

Qayd etilishicha, FVVga 13-fevral soat 19:31 da Yashnobod tumanidagi Aviasozlar 3-tor ko‘chasida joylashgan ovqatlanish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari manzilga soat 19:37 da yetib borib, yong‘inni soat 20:07 da to‘liq bartaraf etgan. Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Ofat natijasida binoning taxminan 200 kvadrat metr maydoni zararlangan bo‘lib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida binoning 400 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan zarar miqdori aniqlanmagan.

Bundan avval Samarqand darvoza ko‘chasidagi yong‘in oqibatida bir-biriga tutash beshta uy zarar ko‘rgani, Namangandagi xonadonda ro‘y bergan yong‘in bir soatdan so‘ng bartaraf etilgani, Farg‘onadagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in kelib chiqqani hamda Gulistondagi “Eski bozor” hududida joylashgan qassobxonada yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar