Daryo

Bekoboddagi xonadonlarning birida yuz bergan yong‘inda bir kishining hayoti saqlab qolindi

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va zarar miqdori o‘rganilmoqda

1 daqiqa o‘qish16 878 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV

Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi xonadonlarning birida yuz bergan yong‘inda bir kishining hayoti saqlab qolindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in haqidagi xabar Bekobod shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 14-fevral kuniga o‘tar kechasi kelib tushgan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va yong‘in soat 00:46 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida xonadon oshxonasining 15 kvadrat metr maydoni va oshxona jihozlari yonib, zararlangan.

Yong‘in vaqtida uy egasi, fuqaro A.V. xonadonning tutun bilan qoplangan xonasida qolib ketganligi aniqlangan. Tezkor harakatlar natijasida fuqaro hayoti saqlab qolinib, tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Jabrlanuvchi sog‘lig‘iga hech qanday zarar yetmaganligi, o‘zini yaxshi his qilganligi sababli uyiga jo‘natilgan.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ovqatlanish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani, Samarqand darvoza ko‘chasidagi yong‘in oqibatida bir-biriga tutash beshta uy zarar ko‘rgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar