Daryo

Gulistondagi “Eski bozor” hududida joylashgan qassobxonada yong‘in chiqdi (video)

Yong‘inni o‘chirish uchun viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan

1 daqiqa o‘qish46 769 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Eski bozor” hududida joylashgan qassobxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, voqea 7-fevral kuni soat 17:55 da Sirdaryo viloyatining Guliston shahri “Taraqqiyot” MFY Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan “Eski bozor” hududidagi qassobxonada yuzaga kelgan. Yong‘in oqibatida qassobxona ichidagi 1 dona muzlatkich va savdo stoli, jami 12 kvadrat metr maydonga zarar yetgan.

“Voqea joyiga zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Yong‘in soat 18:02 da o‘rab olinib, 18:05 da batamom o‘chirilgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida qassobxonaning 15 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga doir: Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yong‘in 8,5 soatdan so‘ng bartaraf etildi

Avvalroq Farg‘onaning O‘zbekiston tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘lgani, Asakadagi kiyim-kechak bozorida yong‘in yuz bergani, shuningdek, Toshkentda Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar