Daryo

Namangandagi xonadonda ro‘y bergan yong‘in bir soatdan so‘ng bartaraf etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi xonadonlardan birida ro‘y bergan yong‘in aks etgan videolar tarqalgan edi

1 daqiqa o‘qish37 778 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi xonadonlardan birida ro‘y bergan yong‘in aks etgan videolar tarqaldi.

“Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, hodisa 8-fevral kuni soat 19:57 atrofida ro‘y bergan. Namangan shahrining “Dashtbog‘” mahallasi, Abdulla To‘qayev ko‘chasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Uch daqiqadan so‘ng voqea joyiga shahar yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi yetib borgan.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Viloyat FVB matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa oqibatida uyning shift va tom qismidan 190 kvadrat metr joyi hamda jihozlar, uy egalariga tegishli bo‘lgan hujjatlar yonib ketgan. Yong‘in qo‘shni xonadonga ham o‘tgan va bu yerda 60 kvadrat metr maydonni alanga qoplagan.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Yong‘in bir soatdan oshiq vaqtdan so‘ng, soat 21:15 atrofida o‘chirilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lmagan.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar