Daryo

Farg‘onadagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in kelib chiqdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish33 717 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi

Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, 2021-yilning 8-fevral kuni soat 03:00 da Farg‘ona shahar “Barkamol” MFY, Yangi asr ko‘chasi 32-uyda joylashgan “Gulshan” oziq-ovqat savdo do‘konida yong‘in kelib chiqqan.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Yong‘in tegishli kuch vositalari yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilib, savdo do‘konining 120 kvadrat metr qismi saqlab qolingan.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi hamda FVB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: Gulistondagi “Eski bozor” hududida joylashgan qassobxonada yong‘in chiqdi (video)
Samarqandda hali qurib bitkazilmagan xonadonda portlash sodir bo‘ldi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar