• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qo‘qon davlat pedagogika institutining “chastniy lavochka”dan farqi yo‘q — Abduqodir Toshqulov

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Prezident 4—5-fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi asnosida viloyatdagi OTMlarga shaxsan o‘zi bordi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    U Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

    “Kapital rekonstruksiya bo‘layotgan binoni ko‘rsatmoqchi bo‘lishdi, men yo‘q dedim. To‘qqiz qavatli binolaring bor ekan, o‘shaning yettinchi qavatiga chiqaringlar, dedim. Chiqdik, tarix fakulteti joylashgan ekan. Bino achinarli holatda. Joriy yoki kapital ta’mirlash umuman bo‘lmagan. Eshik, deraza, devorlar eski, mana eshikka e’tibor bering, bundan 20 yil oldingi ‘kolxoz’ni idorasi ham bunday emas. 9 qavatning hamma auditoriyasi shu ahvolda”, — deya ta’kidladi vazir.

    U, shuningdek, OTMning hisobida mablag‘i bo‘la turib, o‘z binosini ta’mirlamagani haqida gapirgan.

    “100 milliard so‘mdan ko‘p puli bor hisobida. Yangi bino qurishni orzu qilib turibdi bular. Men iqtisodchiman, taxminiy hisob-kitob qilsam, bir qavatini 120 million so‘m bilan normal holatga olib kelsa bo‘ladi. Kamida 46 million so‘m superkontrakt to‘lagan talaba mana shu eshikdan kiradi. Devorlarni qarang. Ularning topib olgan gapi, ‘Xalq ta’limidan yaqinda o‘tdi’. Uch yil bo‘lgan bizga o‘tganiga. Har yili bitta qavatdan qilsa ham bo‘lar edi”, — deydi Toshqulov.

    Bundan tashqari, vazir rektorlarning moliyaviy mustaqillikka ega emasligini ro‘kach qilishiga ham to‘xtalib o‘tgan.

    “Biroz oldin Yoshlar ishlari agentligi direktoriga (Alisher Sa’dullayev) talaba ‘o‘tira olmaymiz partalarga’ deb shikoyat qilgan ekan. Haqiqatan ham maktab o‘quvchisi o‘tirmaydigan, andozaga to‘g‘ri kelmaydigan parta, stullar. Ularni topib olgan gapi, ‘biz moliyaviy mustaqillikka ega emasmiz’. Asosiy smetada necha pul qo‘yib bersangiz, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sizga tasdiqlab beradi. Yana qanaqa moliyaviy mustaqillik kerak?” — dedi OTM vaziri.

    Abduqodir Toshqulov kitoblarning ahvoli ham e’tiborinini tortgani aytgan. U eng yangi kitob 1996-yilgi ekanini, axborot resurs markazi 2013-yildan buyon talab darajasida adabiyotlar bilan yangilanmagani, qariyb o‘n yil oldingi o‘quv reja va dasturlardan foydalanilayotgani ta’kidlangan. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquqiy ta’lim kafedrasida soat 14:00 da birorta o‘qituvchi yo‘qligini aytdi.

    Soliq va soliqqa tortish fanidan o‘quv-uslubiy majmua. Qo‘qon—2013-yil

    Soliq va soliqqa tortish fanidan o‘quv-uslubiy majmua. Qo‘qon—2013-yil
    Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

    “Kafedra shkaflarida taxlab qo‘yilgan kurs ishlari, oraliq, yakuniy nazorat daftarlari holatini ko‘rdim. Oxirgi uch yillik turibdi, qog‘ozdan boshqa narsa yo‘q. Eng achinarlisi, birortasi tekshirilmagan. Baholar qo‘yilmagan. Lekin qaydnomalar amalga oshirilgan. Demak, bilimiga emas, holatiga qarab baholagan. Korrupsiyaviy holatlar bu yerda so‘rovlarda aniqlandi”, — dedi u.

    Toshqulov o‘qitish uslublari eskicha ekanini, yangi texnologiyalar bo‘yicha darslar tashkil etish bo‘yicha gap ham bo‘lishi mumkin emasligini qayd etgan.

    Axborot resurs markazi

    Axborot resurs markazi
    Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

    “Abduvali Jonuzoqovich (vazirlik Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Xoliqov Abduvali Jonuzoqovich), axborot-resurs markazidagi mana bu ahvolni qarang, o‘quv jarayonini aytdim sizga. Siz shunchalik qog‘ozga ko‘milib qolgansiz-ki, buni sizni yuzingizga qaragan odam ham biladi. Oppoq bo‘lib ketgansiz. Ertadan boshlab Qo‘qonda yurasiz”, — deydi lavozimga yaqinda tayinlangan vazir.

    Abduqodir Toshqulov yig‘ilish natijalari bilan Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori Ma’murjon Otajonovga xayfsan berish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq ham bergan. Shu qatorda institut prorektorlariga faoliyatlarini qayta ko‘rib chiqish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga bir oy muddat berildi.

    “Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (Dilnoza Xo‘jayeva) 20−25 yildan beri lavozimda, fan nomzodi, dotsentlik olmagan. Ayol kishi ilmiy bo‘lim boshlig‘i, ayol kishi prorektor. Nimaga o‘zlari namuna bo‘lib, doktorlik (dissertatsiya) qilmaganlar? Nega doktorlarni olib kelib qo‘ymaysizlar shu joyga? ‘Chastniy lavochka’dan (xususiy rasta — tahr.) farqi yo‘q. Hech kim, hech kimni gapirmaydi, tamom. Bugun rektorlikka nomzod deyilsa, umuman topa olmaysizlar, munosib prorektor qo‘yilmagan”, — deya ta’kidlagan vazir.

    Moliya va iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor Mahammadali Ahmedovni egallab turgan lavozimidan ozod qilish masalasi bo‘yicha topshiriq berilgan.

    Vazir institutning xo‘jalik-moliyaviy ahvolini qaytadan ko‘rib chiqish, qurilish tanlovlari (tender) qanday o‘tganini tekshirish bo‘yicha vazifa qo‘ygan. Uning aytishicha, “KRU unchalik e’tibor qilmayapti, Hisob palatasi ayab turibdi”.

    Avvalroq Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim muassasasida hammasini isloh qilish uchun atigi 3 oy yetarli ekanini aytgani, vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan bir qator rektorlarni tanqid qilgani haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Abduqodir Toshqulov OTMlarning aloqa telefonlari ishlamasligini tanqid qildi
    • “Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz” — Abduqodir Toshqulov talaba qizlarning xorijlik mehmonlarni kutib olishga jalb qilinishi haqida

    12.02.2021, 11:12   Izoh (0)   36258
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkaziladi

    12.02.2021, 10:55

    O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 51-o‘rinni egalladi

    12.02.2021, 10:44

    O‘zbekiston FVV boshpanasiz itlar otib tashlanishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi

    12.02.2021, 10:22

    Akbar Rizayev Mass-mediani rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi

    12.02.2021, 09:21

    Buxoroda maktab direktori OAVga noto‘g‘ri ma’lumot berdi. Direktor shu harakati sabab katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin

    12.02.2021, 08:10

    Toshkent viloyatida giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh aniqlandi

    12.02.2021, 07:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.