Tajin — tovuqdan tayyorlanadigan Marokash milliy taomi retsepti
Ziravorlar, asal va limon qo‘shib dimlangan tovuq go‘shtini uy sharoitida tayyorlab ko‘ring. Garnir sifatida kartoshkani pechda pishirib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
Paprika — 1 choy qoshiq
Zanjabil — 1 choy qoshiq
Kashnich urug‘i — 1 choy qoshiq
Dolchin — 1 chot qoshiq
Limon — 1 dona
Sarimsoq piyoz — 5 dona
Tovuq go‘shti
Tuz, murch
O‘simlik yog‘i —1 osh qoshiq
Piyoz — 1 dona
Un —2 osh qoshiq
Tovuq bulyoni — 300 ml
Asal — 2 osh qoshiq
Sabzi 2-3 dona
Zaytun
Kinza
Tayyorlanish jarayoni:
Ziravorlarni qo‘shib aralashtiring.
Limon po‘stini qirg‘ichdan chiqaring va maydalangan sarimsoq qo‘shing.
Tovuq go‘shtining har ikki tomoniga tuz va murch surtib chiqing.
Qizigan yog‘ga tovuq go‘shtini solib, 4-5 daqiqa davomida qizartirib pishirib oling.
Piyozni bo‘laklarga bo‘lib 5-7 daqiqa qovurib oling.
Maydalangan sarimsoq qo‘shib aralashtiring.
Un, keyin esa bulyon, asal va limon po‘stlog‘ini qo‘shing.
Tovuq go‘shtini tovaga solib, 10 daqiqa davomida dimlab pishirib oling.
Bo‘laklarga bo‘lingan sabzini tovuq solingan tovaga solib, yana 10 daqiqa dimlang.
Ustidan zaytun, limon po‘stlog‘i, sarimsoq, kinza hamda limon sharbati solib aralashtiring.