• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Erkak ginekologlar ayollarga nisbatan qobiliyatliroq bo‘ladimi? 24 yildan beri akusher-ginekolog bo‘lib ishlayotgan Alisher Oripov hikoyasi

    “Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qolayotgan kasb egalari bilan suhbat qilmoqda. “Soyadagi odamlar” loyihasining bu galgi qahramoni – 24 yildan buyon akusher-ginekologlik qilib kelayotgan Alisher Oripov.

    Alisher Oripov — oliy toifali akusher-ginekolog. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Hozir 48 yoshda. Ayni paytda Oltiariq tuman 1-sonli shifoxonasining bosh shifokori bo‘lib ishlab kelmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ginekolog bo‘lishni xohlamagandim, ammo...

    Insonning kasb tanlashida oila a’zolarining ta’siri katta bo‘ladi. Menda ham shunday bo‘lgan. Onam bog‘chada hamshira bo‘lib ishlardi. Ammam tibbiyot fanlari nomzodi edi. Ko‘p yillar Andijon davlat tibbiyot oliygohi dotsenti bo‘lib, talabalarga dars berganlar. Ularga havas qilib, shifokorlikni tanlaganman.

    1990—1996-yillari Andijon davlat tibbiyot oliygohida tahsil olganman. Bir muddat Ukrainada ham o‘qib kelganman.

    Bilasizmi, institutga kirganimdan to amaliyotga qadar xirurg bo‘lishni niyat qilganman, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra bu orzum amalga oshmagan. Keyinroq jarrohlikka aloqador yo‘nalish bo‘lgani uchun ginekologiyani tanlaganman.

    1997-yili Oltiariq tuman tibbiyot birlashmasining akusherlik va ginekologiya bo‘limida faoliyatimni boshladim. Keyinchalik bir muddat Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining ginekologiya bo‘limi bosh shifokori bo‘lib ishladim.

    Ishimdan xafa bo‘lgan paytlarim ko‘p bo‘lgan

    24 yillik faoliyatim davomida har xil vaziyatlar, ishimdan ranjigan paytlarim ko‘p bo‘lgan. Ochig‘ini aytganda, mentalitetimizdan kelib chiqqan holda ko‘pchilik bu kasbni to‘g‘ri qabul qilmaydi. Ginekologligimni aytsam, ayrimlar noto‘g‘ri tushunadi. Biroq men bemorga faqat tabib ko‘zi bilan qaraganim uchun bu gaplarga e’tibor bermayman.

    Shunday bemorlar keladi, turmush o‘rtoqlari tekshirishimizga qarshilik qiladi. Biz iloji boricha erkaklarga to‘g‘ri tushuntirishga harakat qilamiz.

    Odatda ayol shifokor bilan birga ishlaymiz. U ham bemorni ko‘rishi mumkin. Agar shunda ham xohlamayotgan bo‘lsa, ayolini boshqa joyga olib borishini aytamiz. Hech kimni biz majburlamaymiz. Chunki kasalni majburlab tekshirib bo‘lmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    To‘g‘ri, turli gap so‘zlar, munosabatlar bo‘lishi mumkin. Lekin eng og‘ir murakkab operatsiyalarni o‘tkazib, bemorni oyoqqa turgizganingizda boshqacha tuyg‘uni his qilasiz. Ayniqsa, ularning rahmatini eshitib, ko‘zlarida xursandchilikni ko‘rganingizda hamma ko‘ngilsizliklar unutiladi.

    Xudoyim bizga odamlarning dardiga darmon bo‘lish baxtini berganiga, shunga qodir qilganiga shukr deyman.

    Qishloqda ginekolog bo‘lishning qiyinchiliklari haqida

    Chekka-chekka tumanlarda, qishloqlarda yashaydigan odamlarning tibbiy madaniyati havas qilarli darajada emas. Ya’ni kasallik alomatlari, asoratlari haqida shaharda yashaydigan ayollarga nisbatan bilimlari anchagina kamroq.

    Masalan, shunday bemor ayollar keladi, tekshirib, tashxis qo‘yib, agar hozir davolanmasa, oqibatlari yomon bo‘lishini aytamiz. Ammo qancha tushuntirmaylik, sog‘lig‘iga befarq bo‘lishlari meni ranjitadi.

    Aslida ko‘p kasalliklarning boshlang‘ich davridayoq oldini olish mumkin. Davolash ham oson kechadi. Biroq aksariyat qishloq ayollarining tibbiy bilimi pastligi sabab o‘zlariga jabr qilib qo‘yadi.

    Qaniydi, o‘zlari qiziqib, asoratlari qanchalar yomon bo‘lishini tushunib, fikrlay olganlarida edi, ancha-muncha kasalliklarning oldini olgan bo‘lardik.

    Qimmatga tushayotgan “andisha”

    Odatda qizlarga nisbatan homilador ayollarda kasalliklar ko‘p uchraydi. Ayniqsa TORCh infeksiyasi  tufayli aksariyat homilador ayollarimizda homilaning birinchi uch oyligida bola o‘smay qolyapti yoki nuqsonli holatlar bilan rivojlanmoqda.

    Misol uchun qabulimga ikki, uch, to‘rt, hatto beshtagacha homilasi tushib qolgan ayollar keladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, so‘nggi paytlarda aksariyat ayol-qizlarimizda kamqonlik, bachadon fibromiomasi, saraton oldi holatlari ko‘p kuzatilyapti. Chunki ayollarimiz oilasi bilan band bo‘lib, o‘zlariga umuman e’tibor bermaydi. Buning natijasida bachadonda, tuxumdonda o‘smalar, ko‘krak bezi o‘smalari asoratli holatlarda aniqlanyapti. Ko‘pchiligi o‘tkazib yuboryapti.

    Odamlar orasida “qiz bola ginekologga bormaydi” degan gap bor. Ayrim qizlarimiz joni og‘risa ham odamlarning gapidan qo‘rqib, shifokorga ko‘rinmaydi va bu andishasi unga ancha qimmatga tushadi.

    Masalan, hozir shifoxonamizda yuvenil qon ketishi (balogat yoshiga yetgan qiz bolalarda bachadondan atsiklik ravishda qon ketishi, tuxumdonlar funksiyasining buzilishi bilan bog‘liq holat) tashxisi bilan bir qiz yotibdi. Bemorning gemoglobini 40 ga tushib qolgan. Lekin uyda istihola qilib yotavergan. Oxiri onasi kelib bizga murojaat qildi. Tekshirib, tezda davolash choralari ko‘rildi. Hozir ahvoli ancha yaxshilangan.

    Ayollar kasalliklarining oldini olish borasida ko‘p ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, skrining tekshiruvlarining yaxshi yo‘lga qo‘yilgani tufayli muammolar erta aniqlanmoqda.

    Faqat ayol-qizlarimiz sog‘lig‘iga e’tiborsiz bo‘lmay, doim shifokorlarga ko‘rinib turishlari kerak.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shifoxonamizda barcha sharoitlar yaratilgan. Operativ yo‘nalish asosida bachadon fibromiomasi, tuxumdon kistalari, qorin bo‘shlig‘i a’zolari o‘smalari, tug‘ruq yo‘l plastik operatsiyalari ham shu yerning o‘zida o‘tkaziladi. Bir yilda o‘rtacha 100—120 ta katta, murakkab operatsiyalar qilamiz.

    Erkak ginekologlar ayollarga nisbatan qobiliyatliroq bo‘ladimi?

    Aksariyat yurtdoshlarimiz erkak akusher-ginekologlar kuchli, qobiliyatli bo‘ladi, deyishadi. Ammo men biroz boshqacharoq aytgan bo‘lardim: erkak ginekologlar ayol shifokorlarga nisbatan tajribaliroq bo‘lishi mumkin. Sababi bizning kasbimizda tajriba juda katta rol o‘ynaydi.

    Ayol hamkasblarimizning esa tajribasini oshirishiga ko‘pincha oila faktori to‘sqinlik qiladi. Masalan, ayollar turmushga chiqadi, homilador bo‘ladi, farzandini dunyoga keltiradi. Shu davrlarda, tabiiyki, faoliyatida bir muncha vaqt uzilish bo‘ladi. Bu kabi tanaffuslar, albatta, shifokorning tajribasiga ta’sir qiladi.

    Bundan tashqari erkak kishi ishdan charchab borganida uyida hamma narsasi muhayyo bo‘ladi. Biroq ayollarimiz esa ishdan borib, uy yumushlari bilan band bo‘ladi. Yana ish paytida ham bir xayoli oilasida, uyida turadi.

    Biz erkaklar farzandimiz sog‘lig‘ida yoki oilamizda biror muammo bo‘lsa, doimo ayolimizga suyanamiz. Ular-chi, kimga suyanadi? Yuqorida aytganimdek, ayollarning oilasiga, farzandlariga ko‘proq e’tibor qaratgani uchun ishiga kamroq vaqt qolishi mumkin.

    Erkak kishida esa shug‘ullanishga vaqti ko‘p bo‘ladi. Shaxsan o‘zim ko‘p kitob o‘qiyman. Ustozim doim biz shifokorlarning eng nozik jihatimiz kitob o‘qimay, o‘z ustimizda ishlamay qo‘yamiz derdi.

    Agar shifokor muntazam kitob o‘qimasa, u bilganlarini ham esidan chiqaradi. Inson kasbining ustasi bo‘lishi uchun izlanishdan to‘xtamasligi kerak. Agar harakat qilmasangiz, ortda qolib ketaverasiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hozir farzandlarim yo‘limni davom ettirishyapti

    Ayolim farmatsevt, dorixonada ishlaydi. Uch farzandni birgalikda katta qildik. Katta o‘g‘lim mening kasbimni tanladi. Hozir Rossiyadagi tibbiyot institutining 3-bosqich talabasi.

    Ikkinchi farzandim Sharqshunoslik universitetida tahsil olyapti. Qizalog‘im esa onasining yo‘lidan ketib, bu yil Samarqand Farmatsevtika universitetiga o‘qishga kirdi.

    Bu kasbni tanlaganimdan hech qachon afsuslanmayman

    Hayot doim bir tekisda ketmaydi. Faoliyatim davomida ko‘p qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelgan. Ammo hech qachon ishimni tashlab boshqa sohaga o‘tish istagi bo‘lmagan. Aksincha, shu yo‘nalishni tanlaganimdan minnatdorman. Chunki kasbim tufayli hayotimda muvaffaqiyatlarga erishdim. Xususan, besh yildan buyon mazkur shifoxonaning bosh shifokori bo‘lib ishlab kelyapman. Ko‘plab shogirdlarni tayyorlayapman.

    Hammasi uchun ota-onamdan, ustozlarimdan minnatdorman.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    Avvalgi soyadagi odamlar:

    • “Musulmonligimdan mamnun emasman. Mamnun bo‘lib qolishlikdan ham qo‘rqaman”. Imom Rustamjon domla hikoyasi
    • “Dadam salonda stilistlik qilayotganimni bilmaydi”. Stilist yigit hikoyasi
    • Erkakning “yurib ketishi”ga ayolning o‘zi sababchi bo‘ladi — Pardozchi qiz hikoyasi
    • Bozorchi ayollar ayol emasmi? Bozorchi ayol hikoyasi
    • “Aravakashlik qilib, qizimni ToshMIda o‘qitdim”. Aravakash amaki hikoyasi
    • “Musorga tashlab yuborilgan 34 million so‘mni topib berganman”. Chiqindi yig‘uvchi amaki hikoyasi
    • “Tarozidan urib, odamlarga qurtlagan jigar va go‘sht sotgani uchun qassoblar uzoq yashamaydi”. Qassob yigit hikoyasi
    • “Tilanchilar taksida, o‘qituvchilar avtobusda yuradigan zamonda yashayapmiz”. Kirakash yigit hikoyasi
    • “Pul topish uchun hammasiga roziman, faqat fohishalikka emas!” Ofitsiantlik qilayotgan O‘zbekiston chempionining hikoyasi
    • “Boy o‘lsa o‘lsin, kambag‘al o‘lmasin”. Go‘rkov Yursunali ota Umaraliyev hikoyasi
    • “Menga hech narsa kerakmas, shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman”. Mardikorlik qilayotgan qiz hikoyasi
    • “O‘zbekiston o‘likxonalarida murdalar sotilmaydi!” Morg xodimining hikoyasi

    12.02.2021, 10:11   Izoh (0)   89981
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.