Mo‘g‘uliston Sog‘liqni saqlash vazirligi tezlashtirilgan protsedura bo‘yicha Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RTIJ)ga tayanib “RIA Novosti”.

“RTIJ Rossiyaning ‘Sputnik V’ koronavirusga qarshi vaksinasi Mo‘g‘uliston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tganligi haqida e’lon qiladi. Ro‘yxatdan o‘tish mamlakat hududida qo‘shimcha klinik sinovlarsiz favqulodda foydalanish uchun tasdiqlanishi doirasida amalga oshirildi”, — deyiladi jamg‘arma xabarida.

Ta’kidlanishicha, vaksina RTIJning mahalliy hamkori — Mo‘g‘ulistonning yetakchi farmatsevtika kompaniyasi Mongol Emimpex Concern ko‘magida tasdiqlangan.

“Mo‘g‘ulistondagi hamkorlar ‘Sputnik V’ning yuqori samaradorligi hamda xavfsizligini namoyish etadigan klinik tadqiqotlarining ma’lumotlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqib, vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. ‘Sputnik V’ — dunyodagi yetakchi vaksinalardan biri va undan foydalanishni ma’qullaydigan mamlakatlar soni kun sayin ortib bormoqda”, — deydi RTIJ rahbari Kirill Dmitriyev.

Ma’lumot uchun, shu vaqtgacha “Sputnik V” vaksinasi VengriyaLivan, Serb Respublikasi, Jazoir, Argentina, Belarus, Boliviya, BAA, Serbiya, Falastin, Venesuela, Paragvay, PokistonTurkmaniston va Eronda foydalanish uchun tasdiqlangan edi.