Inson o‘z baxtini qachon va qayerda topishi noma’lum. Ammo bir narsa aniq, har qanday tasodifiy uchrashuvlar bir umrlik va jiddiy munosabatlarga sababchi bo‘lishi mumkin.

Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton

Foto: Cosmopolitan

Juftlik Sent-Endryuss universitetining birinchi kursida o‘qiyotgan vaqtida tanishgan. Keyt samimiy tabassumi va maftunkorligi bilan shahzoda e’tiborini tortgan. 10 yildan ortiq vaqt davomida janjallashib, qayta yarashib yurgan juftlik munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlashga qaror qilgan.

Shahzoda Garri va Megan Markl

Foto: Cosmopolitan

Umumiy do‘stlari tomonidan taklif qilingan ziyofatda uchrashgan juftlik suhbat davomida yaxshi chiqishib, ertasi kuni ko‘rishishga ahdlashgan. Bir yarim yil uchrashib yurgandan keyin unashtirilgan va yana yarim yil o‘tib oila qurgan.

Shahzoda Charlz va Kamila Parker-Boulz

Foto: Cosmopolitan

Diana bilan uchrashguniga qadar Kamila Charlzning yaxshi ko‘rgan qizi bo‘lgan. Ular 1970-yil polo musobaqasida tanishgan. Bundan xabar topgan qirolicha ushbu sevgi hikoyasiga nuqta qo‘yish uchun o‘g‘lini dengiz harbiy xizmatiga jo‘natgan. Kamilla esa Endryu Parker-Boulzga turmushga chiqqan. Charlz Dianaga uylanganidan keyin ham uchrashishda davom etgan juftlik “qalblar malikasi”ning vafotidan keyin 2005-yilda turmush qurgan.

Shahzoda Charlz va Diana Spenser

Foto: Cosmopolitan

Juftlik Charlz bulduruq ovi uchun Spenserlarga qarashli yerga borganida tanishgan. Bu vaqtda Diana 16, shahzoda Charlz esa 28 yoshda bo‘lgan. Ular to‘yiga qadar bir-yo‘g‘i 13 marta uchrashgan.

Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp

Foto: Cosmopolitan

Qirolicha 13 yoshida 18 yoshli Filipp bilan tanishgan. Filipp Yelizaveta va uning singlisi Margaret uchun dengiz qirollik kollejida ekskursiya tashkil qilgan. Do‘st sifatida uchrashib yurganidan keyin o‘rtalarida iliqlik paydo bo‘la boshlagan. Qirolicha 21 ga kirganidan keyin esa 1947-yilda unashtiruv ko‘p o‘tmay esa to‘y marosimi bo‘lib o‘tgan.

Malika Anna va Mark Filips

Foto: Cosmopolitan

Qirolichaning qizi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan ot minish musobaqasida tanishgan. 1973-yilda turmush qurgan juftlik oradan 20 yil o‘tib munosabatlariga nuqta qo‘ygan.

Shahzoda Edvard va Sofi Riz-Jons

Foto: Cosmopolitan

Qirolichaning kichik o‘g‘li bo‘lajak rafiqasi bilan 1987-yilda mehmonga borganida tanishgan. Keyingi uchrashuv esa 1993-yilda xayriya tadbirida bo‘lgan va juftlik bir-birini yoqtirib qolgan. Oradan 6 yil o‘tib esa turmush qurgan.