Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda koronavirus bilan kasallangan oxirgi bemor 5-fevral kuni sog‘ayib chiqqani sababli mazkur kasallikka chalingan bemorlarni davolash uchun moslashtirilgan so‘nggi markaz o‘z ishini yakunladi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Pandemiya boshlanganidan hozirga qadar ilk bor viloyatimizda koronavirusga chalinganlar butunlay sog‘aydi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur jarayonlarda fidoyilik ko‘rsatgan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, agar koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlari aniqlansa, Samarqandda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida alohida bo‘lib tayyorlab qo‘yilgani bildirilgan.

2020-yilning noyabrida Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahri va Urgut tumanidagi COVID markazlari yopilgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha savollarga javob beradigan Call-markaz faoliyati ham vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi