Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chevrolet Equinox avtomobillarini yetkazib berish O‘zbekistonda to‘xtatiladi. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Modellar qatorini yangilash strategiyasi sababli Chevrolet Equinox’ning hozirgi avlodi ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi”, – deyiladi kompaniya xabarda.

Ushbu modelni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni olish uchun arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi.

Kompaniya dilerlik markazlari bilan birgalikda Equinox sotib olish uchun avvaldan shartnoma tuzgan so‘nggi mijozlarga to‘liq yetkazib berish ta’minlanishini ta’kidlagan.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Amerikaning Chevrolet avtomobil markasi avvalroq yangilangan Equinox va Traverse krossoverlarini bozorga chiqarish sanalarini e’lon qilgan edi. Dastlab ularning savdosi 2020-yilning ikkinchi yarmida boshlanadi deb taxmin qilingan edi, ammo karantin cheklovlari tufayli yangi mahsulotlar sotuvi boshlanish sanasi o‘zgartirildi.

Yaqinda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yozda Equinox ixcham krossoverining restayling versiyasini sotib olish mumkin bo‘ladi, ammo aniq sanasi hali ochiqlanmagan. Yangilangan Traverse esa kuzda bozorga chiqadi.

General Motors yarimo‘tkazgich qismlarining yetishmasligi sababli to‘rtta zavodda avtomobil ishlab chiqarishni kamaytirishi haqida xabar berilgan. AQSh, Kanada, Meksika va Janubiy Koreyadagi fabrikalarda ishlab chiqarishni qisqartirish kutilmoqda. Cheklovlar Chevrolet Malibu sedani, Cadillac XT4 krossoverlari, Equinox, Trax (Tracker), GMC Terrain va Buick Encore avtomobillarini ishlab chiqarishga ta’sir qiladi.

O‘zbekiston yaqinda Xitoydan yangilangan Equinox avtomobillarini qabul qildi. SAIC-GM kompaniyasidan 216 ta avtomobilning birinchi partiyasi 9-aprel kuni temir yo‘l orqali yetkazib berildi.

“Gazeta.uz” UzAuto Motors General Motors Overseas Distribution MChJ bilan 2020–2021-yillarda 8750 Chevrolet Equinox avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolaganini xabar qildi. Shartnoma qiymati qariyb 200 million dollarni tashkil etadi yoki ushbu modeldagi har bir avtomobil uchun taxminan 22 845 dollardan to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda Equinox 349 million so‘mga (taxminan 33,1 ming dollar) sotib kelingan.

Avvalroq O‘zbekistonda Tracker’ning yangi avlodi bir kunda sotilib ketgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trln soʻm kredit ajratiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Mahalliy
Abduqodir Mo‘minov tovlamachilik va firibgarlikda ayblanmoqda