O‘zbekistonda Tracker’ning yangi avlodi birinchi kunning o‘zidayoq sotilib ketdi, deb xabar bermoqda UzAuto Motors matbuot xizmati.

Foto: UzAuto Motors

“2021-yilning 25-yanvar kuni 316 dona avtomobilga shartnoma imzolandi hamda birinchi xaridorlar avtomobilni O‘zbekiston yo‘llarida sinab ko‘rishdi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, avtomobilning birinchi partiyasi to‘liq sotilgan. Ikkinchi partiya qachon bo‘lishi ma’lum qilinmagan.

Yangi Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasi dekabr oyining o‘rtalarida Xitoydan jo‘natilgandi. O‘shanda ushbu model birinchi marta mamlakatdan tashqariga chiqdi — u  2019-yil iyun oyida taqdim etilgan va faqat Xitoy ichki bozorida sotilgan.

O‘zbekistonda yangi Tracker ikki komplektatsiyada sotiladi:

  • boshlang‘ich komplektatsiya — 166 899 500 so‘mdan;
  • LT komplektatsiya — 221 999 999 so‘mdan.