Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp AQSh kinoaktyorlar gildiyasidan ketishi to‘g‘risida xabar berdi. Bu haqda sobiq prezidentga tegishli maktubga asoslanib, “RBK” yozmoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Ushbu maktub orqali men gildiyadan darhol chiqib ketmoqchiligimni ma’lum qilaman. Siz men uchun hech narsa qilib bermadingiz”, — deb yozgan Tramp.

Tramp o‘z iste’fosini gildiya a’zolarining ko‘pchiligi uni kasaba uyushma qoidalarini buzgani sababli uyushmadan chiqarib yuborish uchun ovoz berganidan keyin e’lon qildi. Kasaba uyushmasi Trampning xatiga “rahmat” deb javob yozgan.

Sobiq prezident o‘z bayonotida uni gildiyadan chiqarish to‘g‘risidagi qaror — OAV e’tiborini o‘zlarining birlashma sifatidagi past obro‘sidan chalg‘itishga urinish, deya ta’kidladi.

Donald Tramp 1989-yildan beri AQSh kinoaktyorlar gildiyasi a’zosi bo‘lib kelgan. U “Uyda yolg‘iz 2” (Home alone 2), “Namunali erkak” (Zoolander) va “Uoll strit: Pullar uxlamaydi” (Wall Street: Money never sleeps) filmlarida epizodik rollarni ijro etgan.

Avvalroq Donald Tramp Florida shtatida o‘z vakolatxonasini ochgani haqida xabar berilgandi. Vakolatxona “sobiq prezident devoni” deb nomlanadi. Shu bilan birga, Tramp Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohidan majburan chiqarib yuborilishi mumkin. Chunki bino turar joy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi