Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoplon nusxali liboslar hamisha bachkana va didsiz ko‘rinadi deb o‘ylaganlar yanglishadi. Ushbu print boshqa kiyimlar bilan to‘g‘ri moslansa, bashang va o‘ziga xos obrazga ega bo‘lish mumkin.

Jinsi shortik yoki shim bilan moslang

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Qoplon nusxali print tushirilgan koftani jinsi shortik ichiga tiqing, oyog‘ingizga ingichka poyabzal kiying. Havo harorati sovuq bo‘ladigan bo‘lsa, shortik o‘rniga jinsi shim tanlang.

Qoplon nusxali oyoq kiyimni ingichkasini tanlang

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Qoplon nusxali oyoq kiyimning poshnali varianti bachkana ko‘rinishi mumkin. Ingichka modelni oq qora kiyimga moslab ish va o‘qishga ham kiysa bo‘ladi. Bu obrazda bemalol ishdan to‘g‘ri tug‘ilgan kun va oqshom tadbirlarga o‘tsangiz bo‘ladi.

Qoplon nusxali libos bilan neytral aksessuar tanlang

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Bunday libosni qomatni aks ettiradigan emas, erkin va kengroq bichimlisini tanlaganingiz yaxshi. Unga qora yoki ortiqcha bezaksiz boshqa aksessuarni moslasangiz obrazingiz ko‘ngildagidek bo‘ladi.

Boshqa printli kiyim bilan umumlashtiring

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Xol-xol, yo‘l-yo‘l va katak printli kiyimlar bilan moslab ko‘ring. Faqat obrazingiz bachkana bo‘lib ketmasligi uchun sumka va poyabzalni oddiy va siporoq variantiga e’tibor qarating.

Qoplon nusxali aksessuar bilan obrazni to‘ldiring

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Minimal uslubda kiyinib qoplon nusxali ko‘zoynak, kamar yoki sharf taqilsa obraz tamoman o‘ziga xos ko‘rinadi.

Kundalik obraz uchun qoplon nusxali, oversize futbolka kiying

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Ta’kidlanganidek bunday nusxali libos, bluzka va top tanlaganda kengroq va erkin turadigan variantga e’tibor qaratgan yaxshi. Obrazni charm matodan tikilgan shim, shortik yoki yubka qolaversa, hajmi katta poyabzal bilan to‘ldiring.

Charm kurtka bilan moslang

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Charm matosidan tikilgan kurtka barcha kiyim-kechak, xususan, qoplon nusxali shim bilan ham kiyish mumkin. Uchli klassik qora tufli bilan esa obrazingiz juda ham bashang ko‘rinadi.

Turli obraz bilan qoplon nusxali sumka tuting

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ushbu print tushirilgan libosda qora, sarg‘ish, jigarrang umumlashgani sabab ham uni istalgan kiyim-kechak bilan moslasa bo‘ladi. Ayniqsa, boshdan oyoq bir rangda kiyinib bunday sumka taqilsa, o‘ziga xos obraz paydo bo‘ladi.

Qoplon nusxali sun’iy mo‘ynadan tikilgan shuba kiyishingiz mumkin

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Bunday shubani qora va jinsi shim, oq vodolazka bilan moslasa bo‘ladi. Asosiysi shuba uzun bo‘lmasin, tizzadan 5 santimetr baland bo‘lgani eng yaxshi variant.

Qoplon nusxali top bilan erkaklar uslubidagi kiyimlarni moslang

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Bu bilan siz bir obrazni o‘zida ham zamonaviy ko‘rinishingiz, shu bilan birga ayollarga xos jozibaga urg‘u berishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi