• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Azon.uz” bosh muharriri tahririyatga nisbatan bosim o‘tkazilgani sababli ishdan bo‘shaganini e’lon qildi. AOKA holat yuzasidan bayonot berdi

    Internet tarmog‘ida 3-fevral kuni “‘Azon.uz’ga bosim qachon tugaydi?” nomli bayonot orqali mazkur veb-saytning bosh muharriri Abdulaziz Raimov tahririyatga nisbatan bosim o‘tkazilgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha ariza bergani e’lon qilindi va bu holat jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Abdulaziz Raimovning ma’lum qilishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev saytda e’lon qilingan ikki maqola (“Qorilar mahallasi – Prezidentning taklifi ahli ilmlarni to‘lqinlantirib yubordi” hamda “Shavkat Mirziyoyev diniy sohada qanday erkinliklarni qaytardi?”) bo‘yicha muassis Mubashshir Ahmadga qo‘ng‘iroq qilib, yuqoridagi maqolalar uchun juda qattiq haqorat va tahdid qilgan. Shundan so‘ng Abdulaziz Raimov maqolalarni o‘chirishdan bosh tortgan va ishdan bo‘shash uchun ariza yozgan.

    Abdulaziz Raimovning qo‘shimcha qilishicha, avvallari olib tashlangan bir necha maqolalar ham aynan Dilshod Eshnayevning qo‘ng‘iroqlari orqasidan o‘chirilgan.

    AOKA holat yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qildi.

    “O‘zbekistonning yangi ochiqlik va oshkoralik siyosatida davlat idoralari va jurnalistlar o‘rtasidagi bahsli masalalar imkon qadar o‘zaro kelishuv, agarda buning iloji topilmasa, huquqiy me’yorlardagi tartiblar asosida hal etilishi maqsadga muvofiqdir.

    Xususan, diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatishda nizoli holatlar yuzaga kelganda ham masalaning yechimi sud orqali hal etilishi belgilangan”, – deyiladi AOKA bayonotida.

    Ta’kidlanishicha, agentlik doimgidek davlat organlari va ommaviy axborot vositalarini qonunchilikda ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar hamda o‘rnatilgan talablarni hurmat qilgan holda o‘zaro munosabatlarga kirishishga chaqiradi. Shuningdek, davlat idoralarini jurnalistlarga nisbatan bosim o‘tkazmaslik, tahririyat xodimlarini esa jurnalistlik odob-axloq qoidalariga amal qilishini so‘ragan.

    Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida AOKA “Kun.uz”ga gaz-svet muammosini yozgani uchun ogohlantirish xati yuborgani edi. Buni tahririyat “bosim o‘tkazish” degandi. Bundan tashqari, yana bir ogohlantirish xati “Daryo.uz” internet nashriga yuborilgan. Shuningdek, AOKA COVID-19 statistikasi bo‘yicha yangilik sababli “Gazeta.uz”ni ogohlantirganida nashr bunga javoban “Biz ogohlantirish xatiga tahririyatni noqulay savollar berishdan to‘xtashga majbur qilishga urinishni eslatadigan keskin javob deb qaraymiz”, deya yozgan edi.

    Shundan so‘ng Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mahalliy ommaviy axborot vositalariga yuborilayotgan ogohlantirish xatlari bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Unda agentlik jurnalist va blogerlarga davlat organlarining OAV bilan konstruktiv va ochiq muloqotda bo‘lishlari uchun har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi, shuningdek, mamlakatda so‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalari rivojlanishini ta’minlashni kafolatlashini ta’kidladi.

    03.02.2021, 23:27   Izoh (0)   26972
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Menga zudlik bilan TIV xodimasi tegajog‘lik qilishi kerak” — 7 yildan beri akkreditatsiya ololmayotgan jurnalist Abu-Ali Niyozmatov

    03.02.2021, 23:14

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi

    03.02.2021, 22:43

    Jasur Umirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilgan IIB tergovchisining harakatlarini prokuratura o‘rganmoqda

    03.02.2021, 22:28

    Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi Shahrisabzdagi tug‘ruqxona sotilmaganini, ijaraga berilganini ma’lum qildi

    03.02.2021, 22:13

    Shuhrat Otaboyev Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlandi

    03.02.2021, 21:47

    Markaziy saylov komissiyasi raisi etib Zayniddin Nizomxo‘jayev tayinlanishi kutilmoqda

    03.02.2021, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘shni davlatlarda kuydirgi kasalligi avj oldi. O‘zbekiston infeksiya kirib kelmasligi uchun qanday chora ko‘radi?

    O‘zbekiston | 11 iyul, 22:35

    Tomas Myuller faoliyatini Avstriya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 11 iyul, 22:32

    Yevropa Ittifoqi G‘azo sektoridagi inqiroz tufayli Isroil bilan munosabatlarni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

    Dunyo | 11 iyul, 22:20

    Eron prezidenti MAGATE bilan hamkorlik uchun shartlarni aytdi

    Dunyo | 11 iyul, 21:59

    “Real” futbolchisining eski jarohati yana bezovta qilmoqda

    Sport | 11 iyul, 21:40

    Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya strategik bombardimonchi samolyotlar ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

    Dunyo | 11 iyul, 20:49

    Avgustdan chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektr tokiga to‘lov qila olmaydi

    O‘zbekiston | 11 iyul, 20:30

    2030-yilgi Jahon chempionati finali “Real Madrid” stadionida bo‘lib o‘tadi

    Sport | 11 iyul, 20:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.