Dilshod Kenjayev Prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi
Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, Dilshod Mutalibovich Kenjayev O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Shu munosabat bilan xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Dilshod Kenjayev 2015-yildan 2017-yil iyuliga qadar xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan, keyinchalik Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan. U 2017-yil 18-oktabr kuni yana qayta xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.
Avvalroq Sobiq jismoniy tarbiya va sport vaziri Qarshi davlat universitetiga rektor, Olimxon Rustamov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari hamda Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
