Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda fevral oyida barcha hududlardagi raqamli uzatgich qurilmalarda rejali profilaktika ishlari olib boriladi. Bu haqda “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Profilaktika ishlari “RRTM” korxonasining teleradioeshittirish texnik vositalarining uzluksiz va soz holatda ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan ba’zi telekanallarning vaqtincha to‘xtalishlari kuzatilishi mumkin, jumladan:

  • 1—5, 8—10-fevral kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha — davlat telekanallari;
  • 15—19-fevral kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha — mahalliy, nodavlat va tijorat Uzdigital telekanallari.
To‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov