Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyo bo‘ylab 2020-yili havo reyslari soni 2003-yil darajasiga qaytdi, yo‘lovchilarning umumiy soni 2019-yilga nisbatan 60 foizga kamaydi, deb xabar berdi “Tengritravel.kz” sayti Travel Daily Media’ga asoslanib.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda yo‘lovchi tashishning umumiy hajmi 4,5 milliard kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich deyarli uch baravarga kamayib, atigi 1,8 milliard yo‘lovchi havoga ko‘tarildi.

Aviakompaniyalarning moliyaviy zararlari, ekspertlarning fikriga ko‘ra, 370 milliard dollarni tashkil etdi. Aeroportlar 115 milliard, aeronavigatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar (ANSP) 13 milliard dollar yo‘qotdi.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotida ta’kidlanishicha, havo qatnovining qisqarish tendensiyasini 2020-yil yanvar oyida sezish mumkin edi, ammo bu faqat bir nechta mamlakatlarga tegishli bo‘lgan. Mart oyi oxirida havo transporti faoliyati deyarli to‘xtadi. Aprel oyida deyarli barcha mamlakatlar qattiq cheklovlar o‘rnatdi, fuqarolarni o‘zlarini izolyatsiya qilishga chaqirdi va chegaralarini yopdi. Shundan so‘ng yo‘lovchilar soni 2019-yilga nisbatan 92 foizga, ichki havo qatnovi 87 foizga kamaydi.

Yozda yo‘lovchilar aylanmasi tiklana boshladi, ammo kuzda bir qator mamlakatlar koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga duch keldi va cheklovlarga qaytdi.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining ta’kidlashicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ozmi, ko‘pi barqarorlashishi bilanoq mamlakatlarda ichki reyslar o‘sishni boshladi. Bu, ayniqsa, Xitoy va Rossiyada sezildi. U yerda ichki yo‘lovchi tashish allaqachon pandemiyadan oldingi darajasiga qaytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)