So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Ar-Riyodning Eron bilan munosabatlarni tiklashga tayyorligini bildirdi

    26.01.2021, 00:40 19633

    Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Feysal ibn Farxon as-Saud Ar-Riyodning Eron bilan munosabatlarni tiklashga tayyorligi, biroq Tehron bu boradagi muzokaralarga jiddiy e’tibor qaratmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Al Arabia telekanaliga asoslanib,  NBC News xabar bergan.

    Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Feysal ibn Farxon as-Saud

    Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Feysal ibn Farxon as-Saud
    Foto: Reuters

    “Eron bilan tinchlik muzokaralari uchun qo‘limizni cho‘zganmiz, ammo narigi tomon bu borada o‘ziga mas’uliyatni olmayapti”, – degan Feysal ibn Farxon as-Saud telekanalga bergan intervyusida.

    Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik munosabatlarni 2016-yil yanvar oyida Tehrondagi elchixonasi oldida Ar-Riyodda taniqli din arbobini qatl qilinishiga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari sabab to‘xtatgan. Shundan buyon mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi davom etib kelmoqda, AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Tehronga bosimni oshirib, ushbu vaziyatni yanada murakkablashtirib yuborgandi.

    Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining bayonoti Eron TIV rahbari Javod Zarifning Fors ko‘rfazidagi arab davlatlarining Tehron bilan diplomatik munosabatlarni qayta tiklash borasidagi Qatar vakilining tashabbusini olqishlab, mamlakatning Yaqin Sharqning boshqa davlatlari bilan vaziyatni o‘nglashdan manfaatdor ekanini bildirganidan keyin, oradan ikki kun o‘tgach yangradi.

    Tehron qo‘shnilari bilan muzokaralarni boshlashga tayyorligini avval ham bir necha marta ma’lum qilgandi. Eron tomonidan “Ormuz tinchlik intilishlari” (UMID) tashabbusi ilgari surilgan, bu orqali Fors ko‘rfazidagi tinchlik va yaqin qo‘shnichilik aloqalarini tiklash lozimligi qayd etilgandi.

    Shahzoda Feysal Eronning o‘zaro muloqot o‘rnatishga bo‘lgan harakatlari ichki inqirozdan chiqishga bo‘lgan urinish ekanini ta’kidladi.

    Ar-Riyod Vashingtonning 2018-yilda Tehron bilan tuzilgan Yadro kelishuvidan chiqishida asosiy kuchlardan biri bo‘lgan, ushbu voqeadan keyin AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarini joriy etgandi.

    Saudiya Arabistoni TIV rahbari Eron bilan tuzilgan ushbu yadro kelishuvi haqida fikr bildirar ekan, AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning Fors ko‘rfazidagi barcha ittifoqchilari, jumladan, Isroilni Eron bilan yadro dasturi, raketalar va mintaqadagi strategik maqsadi bo‘yicha kelajakdagi kelishuvlar muzokaralarining ishtirokchisi bo‘lishiga va’da berganini qayd etdi.

    Shahzoda Feysal mintaqadagi mamlakatlar tomonidan muvofiqlashtirish ishlari yetarli darajada olib borilmaganligi sababli ham yadro kelishuvi shartlari buzilgani va shartnoma o‘z kuchini yo‘qotganini aytdi.

    “Biz kelishuvni har tomonlama asoslangan qilish borasida AQSh bilan maslahatlashuvlar olib boramiz. Yevropa davlatlari ham Tehron bilan imzolangan avvalgi yadro kelishuvida kamchiliklar ko‘p bo‘lganini yaxshi tushunadi”, – degan shahzoda.

    Eron yadro kelishuvi bo‘yicha muzokaralar qayta tiklanishini inkor qilgan. Tehron AQSh yadro kelishuvi yuzasidan muzokaralarni tiklash masalasiga qaytishdan oldin sanksiyalarni bekor qilishi zarur deb hisoblamoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yil oxirida Eron parlamenti mamlakatning yadroviy faoliyatini tiklash bo‘yicha loyihaning umumiy qoidalarini ma’qullagandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?