Daryo

Go‘shtxo‘rlar uchun maxsus: Qishki sovuq uchun ayni muddao bo‘lgan 3 xil taom

Go‘shtli taomlarni sabzavot va turli souslar bilan qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin

3 daqiqa o‘qish83 318 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Elle

Qishda sovuq qotmaslik, kasal bo‘lmaslik uchun to‘yimli taom iste’mol qilish kerak. Go‘shtli taomlar esa bu borada ayni muddao.

Uch xil go‘sht solib tayyorlanadigan kotlet

Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • Mol go‘shti qiymasi — 200 gr;
  • Qo‘y go‘shti qiymasi — 200 gr;
  • Tovuq go‘shti qiymasi — 200 gr;
  • Oq non — 50 gr;
  • Sut — 150 gr;
  • Qovurilgan piyoz — 150 gr;
  • Qaymoq — 100 gr;
  • Tuz, murch;
  • Sariyog‘ — 100 gr.
Tayyorlanish jarayoni:
  • nonni sutga solib ivitib qo‘ying;
  • go‘shtga piyoz qo‘shib, go’sht maydalagichdan chiqaring;
  • sariyog‘, qaymoq, tuz va murch qo‘shing, yaxshilab aralashtirib 1 soatga muzlatgichga qo‘ying;
  • kotlet shakliga keltiring va tovada qovurib oling.
Daniya oshxonasi retseptiga binoan tayyorlanadigan go‘shtli quymoq
Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • Pishloq (parmezan) — 15 gr;
  • Sariyog‘ — 7 gr;
  • Bolonyeze sousi tayyorlash uchun;
  • Mol go‘shti — 500 gr;
  • Sabzi — 100 gr;
  • Qizil bulg‘ori qalampiri — 200 gr;
  • Piyoz — 200 gr;
  • Ko‘katlar;
  • Tomat pastasi — 50 gr;
  • Tovuq bulyoni — 600 гgr;
  • Tuz, shakar, murch va yong‘oq.
Xarissa sousi uchun:
  • Ezilgan pomidor — 500 gr;
  • Piyoz — 150 gr;
  • Sarimsoq piyoz — 40 gr;
  • O‘simlik yog‘i;
  • Zira, tuz, murch va shakar.
Tayyorlanish jarayoni:
  • ishni xarissa sousini tayyorlashdan boshlang;
  • blenderda ezilgan pomidorga sarimsoq va piyoz qo‘shing;
  • tomat pastasi va ziravorlar qo‘shib yaxshilab aralashtiring;
  • balonyeze sousi uchun sabzavotlarni qovurib oling, qiyma qo‘shib qovurishda davom eting;
  • tomat pastasi qo‘shing va tovuq bulyonining bir qismini qo‘shing;
  • qolgan bulyonga ziravorlar qo‘shing va bir soat dimlang;
  • aralashmani xarissa sousiga qo‘shing;
  • xamirini tayyorlash uchun 100 gramm unga 170 ml sut, 3 ta tuxum, tuz va shakar qo‘shing;
  • aralashmani tovaga soling, 220 daraja qizigan pechga tovani qo‘yib, 18-20 daqiqa davomida pishirib oling;
  • xamirni idishga soling, ustiga sous soling va ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
Bolonyeze va parmijano qo‘shib tayyorlanadigan talyatelle
Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • Talyatelle pastasi (boshqa makarondan ham foydalansa bo‘ladi) — 100 gr;
  • Bolonyeze sousi — 150 gr;
  • Sariyog‘ — 20 gr;
  • O‘simlik yog‘i — 10 gr;
  • Pishloq (parmezan) 10 gr;
  • Tuz, murch;
  • Tovuq bulyoni — 150 ml;
  • Ko‘katlar — 11 gr;
  • Sabzi — 6 gr;
  • Sarimsoq piyoz — 1 gr;
  • Lavr yaprog‘i — 0,1 gr;
  • O‘simlik yog‘i — 15 gr;
  • Tomat pastasi — 27 gr;
  • Suv — 100 ml;
  • Murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  • sous tayyorlash uchun go‘shtni maydalagichdan chiqaring;
  • sabzi va ko‘kat qo‘shing;
  • sabzavotli aralashmani o‘simlik yog‘iga solib qovuring;
  • tomat pastasi qo‘shib aralashtiring;
  • suv, murch, tuz va ziravorlar qo‘shing;
  • 1, 5 soat davomida past olovda pishirib oling;
  • talyatelle pastasini tuzli suvda pishirib oling;
  • bolonyeze sousiga bulyon qo‘shib tovada pishirib oling;
  • tayyor bo‘lgan sousga pishgan pastani qo‘shing;
  • sariyog‘, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, tuz va murch qo‘shing.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar