Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IIV YHXBB Qamchiq dovonida qor yog‘ayotgani sabab haydovchilarni zarurat bo‘lmasa kechki payt yo‘lga chiqmaslikka chaqirdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, Qamchiq dovonida hamon qor yog‘moqda, havo harorati Selsiy bo‘yicha -16 darajaga tushgan.

“Hurmatli haydovchilar, qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlaning, gaz va tormoz tepkisini keskin bosmang”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonning barcha viloyatlarida qor bo‘roni kuzatilayotgani, hozirda hududiy YHXB va yo‘lga mas’ul xodimlar tomonidan yo‘lni qordan tozalash ishlariga maxsus texnikalar jalb etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qor va kuchli shamol Andijon va Xorazm viloyatlarining bir qator tumanlarini chiroqsiz qoldirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi