Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2021-yilning uchinchi choragida “Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini o‘rganish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi. Bu haqda 19-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini yanada oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlandi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” majmuasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar uchun harbiy tarix va ajdodlarimiz qahramonligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markazga aylantirishimiz zarur. Yoshlarimizni haqiqiy vatanparvarlik, azm-u shijoat, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalashda muhtaram ziyolilarimiz, faol va fidoyi olim hamda ijodkorlarimiz yordamiga tayanamiz.

Qayd etish joizki, joriy yilning uchinchi choragida “Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini o‘rganish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish kerak. Markaz shu yildan boshlab taniqli olim va ijodkorlarni jalb qilgan holda “Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy merosi” turkumida tarixiy-badiiy risolalar tayyorlash va chop etishni yo‘lga qo‘yadi.

O‘tgan yili qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha muhim qaror qabul qilib, chora-tadbirlarni belgilagan edik. Markaz bu yo‘nalishda “Jadidlar va boshqa ma’rifatparvar ziyolilar g‘oyalaridan yosh avlod tarbiyasida foydalanish” mavzusida innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirishi lozim”, — dedi Prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...