Jazoir va Marokashda qor shu qadar ko‘p yog‘ganidan bir qator kengliklar oq rangli baland qor uyumlari va porlayotgan muz ko‘llari makoniga aylanib qoldi. Bu haqda ikkala arab davlatining meteorologik xizmatiga tayanib, Esquire xabar berdi.

Foto: Facebook / Karim Bouchetata

Sahroi Kabirning qum barxanlariga yog‘gan qor ajoyib naqshlarni hosil qilgan. Ko‘plab mahalliy aholi va suratkashlar ushbu barxanlarni tomosha qilish uchun otlangan. Qor hatto Jazoirdagi Ayn-Sefra aholi punktiga ham yog‘ib, transport muammolarini yuzaga keltirgan, havo harorati Selsiy bo‘yicha -3 darajaga tushib ketgan. The Daily Mail’ning yozishicha, mazkur hududlarga qor yarim asrdan buyon birinchi marotaba yog‘gan.

Past havo harorati va kuchli yog‘ingarchilik Saudiya Arabistonida ham qayd etilgan. Marokash shimolidagi Rif tog‘li tumanlarida, shuningdek, O‘rta va Yuqori Atlasda qor uyumlari yuzaga kelgan.

Foto: Facebook / Karim Bouchetata

Foto: Facebook / Karim Bouchetata

Foto: Facebook / Karim Bouchetata

Foto: Facebook / Karim Bouchetata

Foto: Facebook / Karim Bouchetata

Foto: Facebook / Karim Bouchetata

Foto: Facebook / Karim Bouchetata

Foto: Facebook / Karim Bouchetata

Foto: Facebook / Karim Bouchetata

Foto: Facebook / Karim Bouchetata