Daryo

Koronavirusning yangi shtammi Xitoygacha yetib bordi

Virusning mutatsiyaga uchragan turi Britaniyadan qaytib kelgan 23 yoshli shanxaylik ayoldan topilgan

1 daqiqa o‘qish54 540 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pinterest

Buyuk Britaniyada tarqalgan yangi, yuqumli koronavirus turi Xitoyda ham aniqlandi. Bu haqda The Straits Times sog‘liqni saqlash sohasidagi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Foto: Pinterest

Ma’lum qilinishicha, virusning mutatsiyaga uchragan turi Britaniyadan qaytib kelgan 23 yoshli shanxaylik ayoldan topilgan. Unga COVID-19’ning yengil alomatlari tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlar ayol bilan suhbatlashgan barchani kuzatuvga olgan.

Hozirda koronavirusning yangi turi Buyuk Britaniyadan tashqari kamida 17 mamlakatda aniqlangan. Shimoliy Amerikada yangi shtammni yuqtirish bo‘yicha birinchi holat Kanadada 26-dekabrda aniqlandi. 50 dan ortiq mamlakat Buyuk Britaniyaga parvozlarni to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada sentabr oyida koronavirusning yangi, yuqumliroq B.1.1.7 shtammi aniqlandi. Dekabr o‘rtalariga kelib, Londondagi kasallanish holatlarining uchdan ikki qismi virusning shu varianti bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. 20-dekabrdan Britaniya hukumati yangi shtamm tufayli koronavirusga qarshi cheklovlarni kuchaytirdi.

Hozirgacha yangi shtamm Buyuk Britaniyadan tashqari Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Braziliya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Iordaniyada, BAA hamda AQShda aniqlandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar