Turkiyada 15 kishida koronavirusning “britancha” shtammi tasdiqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: EPA

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Buyuk Britaniyadan Turkiya hududiga kirish vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq Turkiya hududiga kiruvchilar koronavirusga salbiy test natijasini taqdim etishlari shart etib belgilangani to‘g‘risida xabar qilingandi.

Shuningdek, yangi shtamm Florida shtatida ham aniqlangan, deb xabar beradi shtat sog‘liqni saqlash boshqarmasi. “Martin okrugida COVID-19’ning Britaniya shtammi bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat qayd etilgani to‘g‘risida dalillar bor”, — deyiladi idora xabarida. Ta’kidlanishicha, virusni yuqtirib olgan erkak yaqin vaqtlar ichida sayohatga chiqmagan.

Florida AQShda koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangan uchinchi shtatga aylandi. Bunga qadar B.1.1.7 shtammi Kolorado va Kaliforniyada ham qayd etilgandi.

Ma’lumot uchun, hozirgacha yangi shtamm Buyuk Britaniyadan tashqari NiderlandiyaAvstraliyaDaniyaBraziliyaGermaniyaShveysariyaFransiyaYaponiyaJanubiy Koreya, BAA va Iordaniyada aniqlandi.