Daryo

Rossiyada koronavirusning 1,5 mingga yaqin mutatsiyasi aniqlandi

“Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popovaning ma’lum qilishicha, dunyoda koronavirusning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish bilan Saratovning “Mikrob” instituti shug‘ullanmoqda

1 daqiqa o‘qish33 664 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

“Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova Rossiyada koronavirusning 1,5 mingga yaqin mutatsiyasi aniqlanganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Uning so‘zlariga ko‘ra, garchi ba’zi taxminlar mavjud bo‘lsa ham, hozirda hech kim pandemiya qachon tugashini ayta olmaydi.

Foto: “RIA Novosti”

“Bu muhim mavzu, biz uning ustida ishlayapmiz, albatta. Bugungi kunga kelib biz deyarli 1,5 mingga yaqin mutatsiyalarni aniqladik”, — dedi Anna Popova. Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyoda koronavirusning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish bilan Saratovning “Mikrob” instituti shug‘ullanmoqda.

“Bugun qator mamlakatlarda, asosan, Yevropada ko‘p gapirilayotgan o‘zgarishlar sentabr oyidayoq ko‘ringandi. Shu kabi yoki juda o‘xshash o‘zgarishli dastlabki topilmalar iyun oyidayoq bo‘lgan”, — deb qayd etgan “Rospotrebnadzor” rahbari.

Popova pandemiyaning tugash sanasini “yetti muhrli sir” deb atadi. “Garchi hozirda prognozlar mavjud va yangi koronavirus infeksiyasi uchun epidemiologik vaziyat haqidagi tushuncha shakllanib bo‘lgan bo‘lsa ham”, — degan u.

12-yanvar kuni “Rospotrebnadzor” matbuot xizmati koronavirusning aniqlangan barcha mutatsiyalari virus genomining atigi 0,1 foiziga ta’sir qilishi haqida xabar berdi. Bunday o‘zgarishlar diagnostika yoki vaksinatsiyaga ta’sir ko‘rsata olmasligi qo‘shimcha qilingan.

Mavzuga doir: Rossiyada COVID-19’ga chalinganlar soni 3,5 mln kishidan oshdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar