Daryo

BAAda ham koronavirusning “britancha” shtammi aniqlandi

Kasallikni yuqtirganlar chet eldan kelgani ma’lum qilingan

1 daqiqa o‘qish63 198 ko‘rishlar0 izoh0

Birlashgan Arab Amirliklarida koronavirusining yangi shtammi bilan kasallanishning bir nechta holati aniqlandi, deb xabar qildi 29-dekabr kuni Arab News portaliga tayanib “Interfaks”.

Foto: Reuters

Kasallikni yuqtirganlar chet eldan kelgan, ammo qaysi mamlakatdan ekanligi aniqlanmagan. 29-dekabr kuni BAAda 1506 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan, ikki kishi kasallik oqibatida vafot etgan. So‘nggi 24 soat ichida 1475 bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarida pandemiya boshlanganidan beri 204 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 662 kishi vafot etgan.

Hozirgacha yangi shtamm Buyuk Britaniyadan tashqari Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Braziliya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Iordaniyada aniqlandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar