Daryo

Koronavirusning “britancha” shtammi Gruziyada ham aniqlandi

Hozirgi vaqtda bemorning sog‘lig‘i normal holatda va u davolanishga tayyorlanmoqda

1 daqiqa o‘qish45 312 ko‘rishlar0 izoh0

Gruziya shifokorlari koronavirus infeksiyasining yangi turi bilan kasallanish holatini aniqladi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: ”Gazeta.ru‘

“Buyuk Britaniyaga bormagan bemorda yangi shtamm aniqlandi. U bilan aloqada bo‘lgan barcha shaxslar aniqlanib, izolyatsiya qilingan. Hozirgi vaqtda bemorning sog‘lig‘i normal holatda va u davolanishga tayyorlanmoqda”, – dedi 4-yanvar kuni Milliy sog‘liqni saqlash monitoringi markazi direktorining o‘rinbosari Paata Imnadze.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, shu vaqtgacha Gruziyada COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanishning 229 763 ta holati aniqlangan. Bemorlarning 2628 nafari vafot etgan.

Gruziya hukumati 2020-yilning noyabr oyi oxiridan 1-fevralgacha jamoat va shaharlararo transport vositalari, savdo markazlar hamda do‘konlar faoliyatiga, shuningdek, sport va madaniy tadbirlar tashkil qilishga bir qator cheklovlar kiritgan.

Ma’lumot uchun, hozirgacha yangi shtamm Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Braziliya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Yaponiya,  Janubiy Koreya, BAA, Iordaniya, AQSh, Xitoy hamda Turkiyada ham aniqlangan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar