Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovga general-mayor unvoni topshirildi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, u O‘zbekiston tarixida ushbu unvonni olgan ikkinchi eng yosh ichki ishlar organi xodimi ekanligi qayd etildi.

Foto: IIV matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini taqdirlagan, shu kuni mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

General-mayor unvoni Toshkent IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovga avans bilan topshirildi. Ushbu unvon O‘zbekiston tarixida faqat ikki marotaba yosh xodimga berilganligi va Aziz Toshpo‘latov eng yosh general-mayor bo‘lganligi ta’kidlab o‘tilgan.

Bundan tashqari, taqdirlash marosimida mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovga general-leytenant unvoni topshirilgan.