Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rasmiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, anjumanda xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov BHMning 120 foizi, ya’ni 267 ming so‘m ekani, bu ko‘plab fuqarolar uchun qimmatlik qilishi, to‘lovni kamaytirish imkoni bor-yo‘qligi to‘g‘risida savol berildi.

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Murodbekovning ma’lum qilishicha, boshqarma narxni pasaytirish uchun taklif kiritadi.

“Aytish joizki, narxlarni Ichki ishlar vazirligi belgilamaydi. Bu tegishli vazirlik, idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi, ishlab chiqarilayotgan hujjatlarning tannarxi, unga ketadigan mahsulotlarning hammasi hisob-kitob qilinadi. Shulardan kelib chiqqan holda narx belgilangan.

Biz bu masala bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda takliflar kiritamiz. Agarda ushbu takliflar inobatga olinib, narx kamaytirilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi”, – dedi Murodbekov 12-yanvar kungi matbuot anjumanida.

O‘zbekiston fuqarolari 2021-yil 1-yanvardan boshlab faqat “qizil pasport” bilan chet elga chiqishi mumkinligi hamda Xorazmda “zagranpasport” olish uchun katta navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar ortidan yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Metan zapravkalarda inqiroz — dushanba og‘ir o‘tadi, va’da va’daligicha qoldi
Sport
JCH—2022. Angliya Senegalni yirik hisobda yengib, chorak finalga yo‘l oldi
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar va ularning ota-onalari uchun qanday soliq imtiyozlari bor?