“Real” hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar Belgiya futboli ramzi sifatida e’tirof etildi.

Foto: Twitter/@BelRedDevils

Belgiya futbol assotsiatsiyasi mamlakat futbolining 125 yilligiga bag‘ishlab, muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Nomzodlar qatoridan Belgiya futbolining 125 yillik tarixida iz qoldirgan futbolchi va murabbiylar joy oldi.

Top-10 likdan shuningdek, Vensan Kompani, Kevin de Bryuyne, Yan Kulemans, Pol Van Ximst, Romelu Lukaku, Gi Tis, Erik Gerets, Jan-Mari Pfaff va Raymond Gutals kabilar o‘rin oldi.

Azar faoliyati mobaynida “Lill” va “Chelsi”da to‘p surgan, hozirda “Real” a’zosi hisoblanadi. U Belgiya terma jamoasining 106 o‘yinida qatnashib, 32 ta gol muallifiga aylangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!