Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogining yarim finalida “Real Sosyedad” va “Barselona” jamoalari 13-yanvar, chorshanba kuni o‘zaro bahsga kirishdi.

Foto: Twitter/@FCBarcelona

Uchrashuvning 39-daqiqasida Frenki de Yong katalonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Mikel Oyarsabal penaltini aniq ijro etgan holda hisobni tenglashtirdi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmagach, qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. Unda ham g‘olib nomi aniq bo‘lmadi. Penaltilar seriyasida esa omad katalonlarga kulib boqdi.

Shu tariqa Ronald Kuman shogirdlari Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi va hal qiluvchi bahsda “Real” — “Atletik B” uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Ispaniya Superkubogi

Yarim final bahsi

13-yanvar, chorshanba

“Real Sosyedad” — “Barselona” 1:1

Gollar: 0:1 – 39 de Yong, 1:1 – 51, penalti Oyarsabal.

Penaltilar seriyasi 2:3

“Real Sosyedad”: Remiro, Monreal, Le Norman, Gorosabel (Saldua, 90; Bautista, 120), Subeldiya, Merino, Guridi (Barrenechea, 81), Portu (Yanuzay, 103), Gevara (Subimendi, 105), Oyarsabal, Isak (Villian Joze, 90).

“Barselona”: ter Shtegen, Langle, Alba, Arauxo, Mingesa (Firpo, 114), de Yong, Buskets (Puch, 90), Pedri (Pyanich, 90), Dembele, Grizmann, Breytueyt (Trinkau, 78).

Ogohlantirishlar: Dembele (54), Le Norman (58), Mingesa (97).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!