Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi doirasidagi ikkita o‘yin 13-yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

“Manchester Siti” o‘z uyida “Brayton”ni qabul qildi. Uchrashuvning 44-daqiqasida Fil Foden tomonidan urilgan gol “shaharliklar”ga g‘alaba olib keldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Siti” ochkolarini 32 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Brayton” (14) 17-o‘rindan joy olgan.

Yana bir bahsda “Tottenhem” jamoasi “Fulhem”ni mehmon qildi. 25-daqiqada Harri Keyn hisobni ochdi. Tanaffusgacha va ikkinchi bo‘limda mezbonlarda yana bir qator imkoniyatlar bo‘ldi, biroq “shporlar” vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. 74-daqiqada Ivan Kavaleyru muvozanatni tikladi.

“Tottenhem” 30 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi, “Fulhem” (12) esa 18-o‘rinda bormoqda.

APL

13-yanvar, chorshanba

18-tur bahsi

“Manchester Siti” — “Brayton” 1:0

Gol: 1:0 – 44 Foden.

“Manchester Siti”: Ederson, Joau Kanselu, Stounz, Ruben Diash, Zinchenko, de Bryuyne, Gundo‘g‘an, Foden (Sterling, 82), Bernardu Silva, Mahrez (Gabriel Jezus, 67), Rodri.

“Brayton”: Sanches, Veltman, Uayt, Uebster, Bernardo, Trossard (Hadra, 86), Propper (March, 68), Dank, Mak Allister, Bern, Tau (Mope, 68).

Ogohlantirishlar: Veltman (62), Uebster (77).

16-tur

“Tottenhem” — “Fulhem” 1:1

Gollar: 1:0 – 25 Keyn, 1:1 – 74 Kavaleyru.

“Tottenhem”: Lyoris, Regilon, Sanches, Orye, Dayer, Sissoko, Hyoybyerg, Uinks (Lamela, 75), Ndombele (Vinisius, 81), Son Hyon Min, Keyn.

“Fulhem”: Areolya, Robinson, Adarabioyo, Ayna, Tete (Lukman, 67), Zambo-Angissa, Rid, Dekordova-Rid, Loftus-Chik (Onoma, 90), Kavaleyru (Kamara, 86), Andersen.

Ogohlantirishlar: Zambo-Angissa (18), Hyoybyerg (64), Andersen (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!