KPMG auditorlik kompaniyasi Yevropaning kuchli oltilik ligalari amaldagi chempionlarining tarkiblarini baholab chiqdi.

Foto: Getty Images

Ko‘rib chiqilgan jamoalar ichida eng qimmati sifatida “Liverpul” e’tirof etildi. Ingliz klubi umumiy miqdorda 1,094 milliard yevroga baholangan.

Ikkinchi o‘rinda 943,4 million yevroga baholangan “Bavariya” qayd etilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin “Real”ga (874,2 mln) nasib etdi.

PSJning tarkibi 806,6 million, “Yuventus”niki — 734,8 million, “Portu”niki esa 214 million yevroga baholangan.

Yil davomida olti jamoadan beshtasining narxi pasaygan, faqat “Bavariya” bundan mustasno. Myunxenliklar klubi o‘tgan yilda 7 foizga qimmatlashgan.

KPMG futbolchilarni o‘z metodikasi orqali baholagan. Ma’lumotlar 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra olingan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!