Jurnalist Nargiza Murodova san’at sohasida tahsil olmay, shu sohada faoliyat yuritayotgan mashhurlarning asl kasblari bilan qiziqdi.
Rayhon
Foto: Instagram / @rayhonganieva
U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Ijodni boshlashdan avval faqatgina fortepiano bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnagan.
Nilufar Usmonova
Foto: Instagram / @nilufarusmonova
O‘n yoshida Buyuk Britaniyaning Vinehall School maktabida tahsil olishni boshlagan Nilufar Usmonova keyinchalik Sherborne International College’ni tamomlagan. 2004-yili Toshkentga qaytib, 2006-yili Toshkent davlat yuridik institutiga hujjat topshirgan. Sakkiz yil deganda, institut diplomini qo‘lga kiritgan.
Ulug‘bek Rahmatullayev
Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev
U 1999-yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutining tarix fakultetiga o‘qishga kirgan.
Ali Otajonov
Foto: Instagram / @aliotajonov
Otajonovlar sulolasining vakili Ali ham san’at sohasida tahsil olmagan. U Toshkent davlat sharqshunoslik institutining turk filologiyasi fakultetida o‘qigan.
Davron Ergashev
Foto: Instagram / @davronergashev
Davron Ergashev asl mutaxassisligi bo‘yicha – iqtisodchi. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.
Otabek Mutalxo‘jayev
Foto: Instagram / @otabekmutalhojaev
U ham san’atdan butunlay uzoq bo‘lgan sohada tahsil olgan. U Toshkent davlat texnika universitetining neft va gaz fakultetida o‘qigan.
Bahrom Nazarov
Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial
U Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini tamomlagan. Diplomni qo‘lga kiritgach, bir marta poyezd boshqarish baxtiga erishgan.
Shahzoda Matchonova
Foto: Instagram / @shahzodamatchanova
U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universtitetida tahsil olgan. Shunday bo‘lsada, kinodan tashqari, “Diydor” teatr studiyasida faoliyat yuritishga muvaffaq bo‘lgan.
Shahzoda Muhammedova
Foto: Instagram / @shaxzoda__muxammedova
Shahzoda Muhammedova Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakultetida tahsil olgan.
Mavzuga doir: Nufuzli universitetlarni tamomlagan Gollivud yulduzlari