Yulduzlar shunchaki omadi chopganidan mashhurlikka erishgan deb o‘ylovchilar fikri, “Yandeks Dzen” platformasida havola qilingan ma’lumotlardan keyin o‘zgarishi aniq.

Emma Uotson

Foto: Getty Images

Germiona obrazi bilan yaxshi tanish Emma, “Garri Potter” filmini suratga olish ishlari davom etayotgan bir vaqtda, AQSh eng yaxshi universitetlaridan biri bo‘lgan Braunning talabasi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Aktrisa darslarda muntazam ishtirok etgan, kutubxonada shug‘ullangan va namunali talabalardan biri bo‘lgan. 2014-yilda Emma, san’at va adabiyot sohasida bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan.

Natali Portman

Foto: Getty Images

Natali o‘qish va aktrisalik faoliyatini bir vaqtda olib borgan yana bir san’at vakillaridan biri hisoblanadi. U Garvard universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan. Aktrisa rolga kirishishida u olgan bilimlarning ahamiyati katta ekanini bir necha marta takrorlaydi. U ijrosidagi rollar esa darhaqiqat professionalligi bilan ajralib turadi. Buni “Qora oqqush” filmidagi ijrosi va u uchun berilgan Oskar mukofotidan ham bilish mumkin.

Bruk Shilds

Foto: Google Images

Bruk karyerasining eng gullab-yashnagan vaqtida, Prinston universitetiga qabul qilingan. U yerda model, fransuz adabiyotini o‘rgangan. O‘qishga kirishib ketgan Shilds faoliyatida biroz muddat tanaffus kuzatilgan bo‘lsa-da, bu uning karyerasiga xalaqit qilmagan.

Meril Strip

Foto: Google Images

Merilning fikricha, avvaliga universitetni tamomlash keyin esa Gollivudni zabt etish kerak. Merilning o‘zi ham aynan shu formulaga amal qilgan: birinchi AQSh Yel universitetini tamomlab, keyin karyerasini boshlagan. Ayni damda aktrisa san’at sohasida fan doktori hisoblanadi.

Jeyms Franko

Foto: Google Images

Jeyms nafaqat mahoratli aktyor, balki gumanitar fanlar bo‘yicha bir necha diplom sohibi hamdir. U eng nufuzli — Kaliforniya, Kolumbiya va Nyu-York universitetlarini tamomlagan. Ayni vaqtda Franko,​ talabalarga kino haqida ma’ruza o‘qiydi.